Kecha bir do’stimni kutib olish uchun iftorga yaqin ko’chaga chiqdim.
Do’stimni kutib oldim. Iftor payti yetdi. Yo’lda uchragan bir oshxona-kafega kirib og’iz ochmoqchi bo’ldik.
Kirdik. Lekin ne ko’z bilan ko’rayki…
Iftor paytida, ramazon oyida… deyarli har bir stolda odamlar, eng hayratlanganim ayollar, o’zbek ayoli, qizlar… o’zbek qizi aroq ichib o’tirishibdi… Astag’firulloh, dedim. Nahotki, hech ham o’ylamagandim.
Axir Ramazon oyida-ya! Iftor paytida-ya! Astag’firulloh.
U yerni tark etdik. Sherigimning ham xunobi chiqdi. Uni ham hayratga solgani yosh o’zbek qizlarining ayollar bilan birgalikda qadah ko’tarishayotgani edi. Beixtiyor u so’radi mendan:
– Shularning ham oilasi, ota-onasi, eri bormikin? Iftor paytida uyda iftorlik qilib o’tirmaydimi?
– Ularning erlari ham xuddi shu payt boshqa joyda kayf qilib o’tirgandir-da…
Astag’firulloh! Shunaqasi ham bo’larkan…