“Hayot-mamot”, Chingiz Aytmatov hikoyasi.
Chingiz Aytmatovning so’nngi ijod namunalaridan biri bo’lgan bu hikoya ikkinchi jahon urushiga shaylanayotgan yosh yigitning xotiralari asosiga qurilgan. Hikoya 19 yoslik Sergiyning poyezd stansiyadan yo’lga chiqishi bilan boshlanib, manzil oxirida hikoya ham tugaydi. Chingiz Aytmatov o’ziga xos hikoya ichiga hikoya kiritish usulidan bu asarda ham foydalangan. Bosh qahramon Sergiy yo’lda ketarkan oynadan tashqariga qaragancha, o’tgan voqealarni xotirlay boshlaydi…
“Muayyan inson hayotining qadr-qimmati kundan-kunga pasayib ketmayotganmikin? Yoki hamisha shundoq bo’lgan-u, bizga – bugun yashayotganlarga ham shunday tuyulayaptimikan? Insoniyat bu haqda har kuni, har lahza o’ylashi zarurmi? Yoki “Boshiga ish tushganda” o’ylaydimi? Balkim insonning qo’lidan hech narsa kelmas, uning uchun hammasini “tepa”da hal qilib qo’yishgandir? U kimningdir qo’lida “buyuk rejalar” amalga oshishi uchun bir o’yinchoqdir? Chingiz Aytmatov hikoyasi ana shular haqida” deb yozadi hikoya tarjimoni Karim Bahriyev.
Bu hikoyani muallif 20 yil avval boshlagan bo’lib, ammo oxiriga yetkazmay tashlab qo’yavergan. Bugungi globallashuv jarayonidagi insoniyat boshiga tushgan tashvishlar yana inson hayotini masalasini ko’ndalang qo’ydi. Nihoyat adib shulardan ta’sirlanib, asarini 2005 yilda yozib tugatdi.
Hikoya qiruvchi samolotning qushlar galasiga urilishi, va oynasiga yopishgan qondan uchuvchining ijirg’anib, ko’ngli aynishi voqeasidan boshlanadi. Ajab, hozirgina ancha-muncha odamning yostig’ini quritib, ta’sirlanmagan uchuvchi oddiy qushlarning qonidan ko’ngli ayniydi…
Nahotki inson urush uchun, bir-birining qonini to’kish uchun dunyoga kelgan bo’lsa?…
Sergiyga otasi dushmanni o’ldir, askar o’z yerini himoya qiladi, u dushmanni o’ldirsa buyruq bilan o’dirgan bo’ladi, burchini ado etgan bo’ladi, deb uqtirsa, onasi bo’lsa:
– Hammning tilida shu bo’lib qoldi – o’ldir, o’ldir! Dushmanlar bizga o’lim keltirishmoqda, biz esa dushmanlarga! Keyin bu dunyoda qanday bosh ko’tarib yashaymiz – hammaning qo’li qonga botsa, dunyoda faqat qotillar qolsa?
Sergiy shularni o’ylab manzilga intilardi. Otasi va onasining bir-biriga qarshi mulohazalari og’ushida karaxt bo’lib qolgan, unsiz yig’lardi. U o’zicha urush, jang qilish qanaqa bo’lishini, qanday qilib o’ldirishni o’ylab, fikr qilardi. Bu holatni asar so’nngida Chingiz Aytmatov juda zo’r motiv bilan tasvirlagan:
Temir izlarning bandlariga urilgan g’ildiraklar taqillaydi: o’ldir, o’ldirma… Sergiy maktabda o’rgangan nemischa so’zlarini eslasga urindi, ammonemis tilida so’zlarning xuddi shunday qatori tarzda jaraglashiga ishonchi komil emasdi: o’ldir-o’ldirma, o’ldir-o’ldirma, o’ldir-o’ldirma, o’ldir-o’ldirma…