Telefoningizni yo’qotib qo’ydingizmi? Endi umidni uzsangiz ham bo’ladi.
Birinchi kelgan xayol o’z raqamingizga qo’ng’iroq qilish bo’ladi. Zudlik bilan raqamingizni terasiz. Uyoqdan javob keladi: “Abonent apparati o’chirilgan”. Shu onda bechora sim-kartangiz qaysidir ovloq joyda changga belanib yotgan bo’ladi. Telefon apparatingiz… u avvaliga yashiriladi, so’ng ovloqroq joyda kavlanadi. Unda nimalar borligiga qiziqiladi. So’ng bho beriladi, narxi chiqariladi. To’g’ri, bozornikidan arzonroq. Bir-ikki kundan keyin esa bu bechora apparat o’zining uchinchi egasini topadi…
Biz bu holatga o’rganib ham qoldik. Statistikaga ko’ra, hozirda eng ko’p yo’qoladigan buyum telefon apparatlari ekan.
Bugun erta tongda yumush bilan mashrut “Damas”ga chiqdim. Oldinda o’tirgan yo’lovchi sarosimada (10-15 minutcha avval telefonini qayerdadir tushirgan ekan) haydovchining telefonini oldi-da, o’z raqamiga tera boshladi. Xaytovur, biz o’ylagandek bo’lmadi. Go’zal salom-alik, muomaladan so’ng manzil tushuntirildi. Bordik.
Ko’rinishidan namozxon, halol bola, novvoychilik bilan shug’ullanarkan. Menimcha bomdoddan so’ng, tiriokchilik uchun ketayotib, yo’lda telefon topib oladi. Kutadi. Hatto savatdagi noni qolib ketadi. Bozorga shoshadi, lekin birovning moli; yo’qotgan joyiga kelar deya kutadi. Hech bo’lmasa telefon qilib qolar. Va nihoyat kerakli qo’ng’iroq. Mol egasiga qaytarildi…
Telefon egasi va novvoy bola eski tanishlardek so’rashdilar va birgalikda piyoda bozor tomon yo’l oldilar…