Bir tanishimning o’g’li bobosinikiga (onasining dadasinikiga) boribdi. Uyga kelgandan so’ng, dadasi bilan gaplashayotib dermish:
– Dada, anu bobom juda yaramas odam ekan…
Dadasi hayron, bobosi bolaga qanday yaramaslik qildiiykan, degan xavotirda undan so’rabdi:
– Nima qildilar bobong senga?
– Uylariga kelganimda anau sigirni sanga, olib keturasan, degandilar, ketayotganimda esa bermadilar…
* * *
Bolalarni aldab bo’lmaydi. Ular hamma narsani bilishadi.
Hayit kuni buvisini ko’rgani ketayotgan jiyanim 3 yoshlik o’g’liga:
– Sen shu yerda o’ynab turgin, men hozir biryoqqa o’tib, tezda kelaman.
Shunda bolakay dermish:
– Yana mani aldashdi!