Shahri Ramazon, xush keldingiz. Qalbimizni sizga ochamiz. Bizning qalblarda ham bir mehmon bo’ling. Zora chirkin vujudimiz siz keltirgan yorug’ nur ila munavvar bo’lsa…
Ey Mohi Ramazon, men sizni yaxshi eslayman. O’shanda rahmatli buvim hammamizni bir uyga yig’ib, sizning kelishingizni, xonadonimiz mehmoniga aylanishingizni kutardilar. Siz kelishingiz bilan esa o’rnilaridan turib, “Marhabo, Yo Mohi Ramazon, xush keldingiz, xush keldingiz” deya t’azim bajo aylar. So’ng bizlarga siz haqingizda ajib hikmatlarni hikoya qilardilar.
O’shanda buvimning harakatlaridan men sizni ko’rinmas odam bo’lsangiz kerak deb o’ylardim. Qaydayin yaxshi odam. Hammaga tabassum ulashuvchi, ko’ngillarni ajib zavqqa to’ldiruvchi odam…
…Bugun ham sizni buyuk orzular-la, kutmoqdaman.
Xush keldingiz, ey Oylarning sayyidi.
Marhabo, yo shahro Ramazon!!!