Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros

Ko’pchilikda lotin va kirill yozuvi bilan bog’liq muammo ko’pchilikni qiynashi mumkin. Word dasturiga o’rnatiladigan ushbu macros orqali bu muammoni yetishga imkon topilsa ajab emas. Bu macros orqali kirill yozuvidagi matnlarni lotinga va aksincha lotin yozuvidagi matnlarni kirill yozuviga o’tkazish mumkin.

Makrosni o’rnatish uchun avvalo quyidagi .bas fayllarni ko’chirib oling:
Cyr3Lat.bas – Kirillni lotinga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Lat3Cyr.bas – Lotinni kirillga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Cyr2Lat.bas – Kirillni lotinga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Lat2Cyr.bas – Lotinni kirillga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Word macros.zip – To’rttala fayl arxivlangan ko’rinishda.

MAKROSNI O’RNATISH

Avvalo Microsoft Word dasturini oching. Buyruqlar qatoridan Сервис > Макрос > Редактор Visual Basic ka kiring.

Shunda sizda Microsoft Visual Basic oynasi ochiladi. Buyruqlar qatoridan File > Import File ga kiring.

Ko’chirib olgan .bas fayllaridan mosini tanlang. Masalan: Cyr3Lat.bas. Сохранить tugmasini bosganingizdan so’ng,  siz tanlagan fayl Visual Basic modullarida paydo bo’ladi. So’ng buyruqlar qatoridan File > Close and return to Microsoft Word ni tanlab, yana Wordga qaytasiz.

Makros muvaffaqiyatli tarzda Word dasturiga o’rnadi. Endi biron kirillcha matnni ochib tekshirib ko’ring. Сервис > Макрос > Макросы дан Сyr3Lat ni tanlang va Выполнить tugmasini bosing.

Sizga oson bo’lishi bo’lishi uchun, ushbu makrosni alohida tugmacha bilan ifodalash ham mumkin. Buning uchun buyruqlar panelidan Сервис > Настройки ga kiring va Команды qatoridan Макросы ni belgilang.

U yerdan Normal.Cyr3lat.Cyr3Lat ni sichqoncha bilan belgilab, qo’yib yubormasdan tepadagi buyruqlar qatoriga olib chiqing. Joylashtirganingizdan so’ng sichqonchaning o’ng tomoni bosib, Makrosni o’zingizga moslab olishingiz mumkin.

Bunda siz unga biron nom berishingiz (masalan, Kirill>Lotin yoki Cyr>Lat), rasmcha-belgi tanlashingiz mumkin.

Endi siz ushbu tugmacha yordamida istalgan kirillcha matnni lotinga aylantisrishingiz mumkin. Boshqa .bas fayllarni ham shu tarzda o’rnatishingiz mumkin.

Sizga maroqli kayfiyat tilayman.

Ushbu macroslar © Davronbek Tojialiyev tomonidan ishlab chiqilgan.

18 thoughts on “Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros

  1. Kiril Lotin Makrosi Microsoft Excell 2016 dasturi uchun ham ishlab chiqilganmi? Bu makros excell dasturiga ham tushadimi?

  2. салом менда word янгиси урнатилган
    лотинчани крилчага крилчани лотинга утказадиган макрос кк эди

  3. Salom Davronbek sizga savolim bor edi word dasturida macros o‘rnatish borku xuddi o‘rnatgan paytda ishlaydi kompyuter bir o‘chirib yoqgandan kiyin macros ishlamay qoladi bu nimadan?

  4. макросларни скачат қилиб бўлмаяпти

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *