Har insonga o’zi yashab turgan mahalla, shahar, qishloq, yurt azizdir. O’zimiz tug’ilib o’sgan maskanning nomi, tarixi biz uchun qiziq.
Ushbu mavzuda biz tug’ilib o’sgan, shuningdek, atrofimizdagi mahalla, qishloqlar nomining qanday kelib chiqqani va tarixi haqida so’z yuritamiz.
Jahr Masjid
Marg’ilon shahridagi men tug’ilib o’sgan mahalla. Mahalla nomining kelib chiqishi “jahr” (“oshkora”) so’zi bilan bog’liq bo’lib, oshkora zikr aytiladigan masjid ma’nosini beradi. Mahallamizdagi tarixi 300 yilga yaqin bo’lgan qadimiy masjid mavjud. Aytishlaricha, ushbu jomeda qadimda qalandarlarning jahr majlislarii bo’lar ekan.
Mavlaviya, Qalandariya tariqatlariga ko’ra, Naqshbandiyadan farqli o’laroq zikrlar oshkora aytilgan. Tariqat ahli yig’ilib olib, halqa tarzida “Yo Alloh, Yo Mavlon, Yo Hayy, Yo Qayyum” deya Allohni zikr qilishgan.
Aynan shu marosim tufayli atrof mahalladagilar, biz yashaydigan hududni masjid nomi bilan “Jahr Masjid” deb atashgan. Mahalliy aholi tilida hozir bu nom “Jarmachit” bo’lib ketgan.
Masjidimiz oldida katta qabriston ham bo’lgan. Hozir bu qabriston o’rnida tibbiyot kolleji joylashgan.
Sho’rolar davrida mahalla masjidi sholcha to’qish sexiga aylantirilgan. Mustaqillikdan so’ng qayta tiklangan va masjid sifatida foydalanilgan.
Avvallari har bir mahallaning o’z masjidi, qabristoni, choyxonasi bo’lib, ular bir-biriga yaqin joylashgan ekan. Mahallamiz choyxonasi ham saqlanib qolgan.
Mahallamizga qo’shni mahallalar: Safedto’da, Kunjak, Hazrati Mulla, Qoziyon, Nonyemas (Devonbegi), Qo’rxona, Dumbajo’sh.
Non Yemas (Devonbegi)
Marg’ilon shahridagi mahallalardan biri. Bu nom haqida mahalliy xalq orasida ikki xil rivoyat yuradi.
Birinchi rivoyatga ko’ra, bir tilanchi bu mahalla xonadonlariga kirib, xayr-ehson so’rab chiqadi. Mahalla ahli esa hech qaysisi non bermay, faqat pul yoki meva beradi. Shundan so’ng, tilanchi, “Bu yer non yemas ekan” deb ketgan emish.
Ikkinchi rivoyatga ko’ra, shu mahallada yashovchi obro’li kishilardan biri urushga ketadi. Safar oldidan bir nonni tishlab, o’zi bilan olib ketadi. To urushdan qaytgungacha o’sha nonni yemaydi. Shundan keyin bu yerlar Nonyemas deb atalgan emish.
Mahallaning tarixiy nomi Devonbegidir. Menimcha shu mahallada yashagan biron obro’li kishi saroyda devonbegi bo’lib ishlagan bo’lsa, uning nomiga mahalla shunday atalgan.
Mahallaning tarixiy masjidi saqlanib qolmagan. Hozirgi masjid tarixi 30 yillikdir.
Qoziyon
Marg’ilon shahridagi mahallalardan biri. Mahalla nomi tojikchadan “qozilar” ma’nosini bildiradi. Aytishlaricha, ushbu mahalladan juda ko’p qozilar yetishib chiqqan ekan. Marg’ilon shahar qozixonasi ham shu yerda joylashgan ekan. Ayni paytda ham mahallada Marg’ilon shahar Sudi joylashgan.
Mahallaning 200 yillik tarixiy masjidi saqlanib qolgan. Sho’rolar davrida ushbu masjiddan avtomaktab sifatida foydalanilgan. Mustaqillikdan so’ng qayta tiklangan va masjid sifatida foydalanilgan.
Mahalla hududida, masjiddan 50 metr uzoqda Sayyid Ahmad Xo’ja Eshon madrasasi joylashgan. 150 yillik tarixga ega bo’lgan madrasani marg’ilonlik boylardan Sayyid Ahmad Xo’ja qurdirgan. U bir necha yil faoliyat ko’rsatgan. Sho’rolar bosqinidan so’ng Sayyid Ahmad qochishga majbur bo’lgan. Mustaqillik boshlarida ham madrasa faoliyat yuritgan. Hozirda Milliy hunarmandchilik markazi sifaida foydalanilmoqda.
Safedto’da
Marg’ilon shahridagi mahallalardan biri. Mahalla nomi tojikcha “safed” (oq) va to’da so’zlaridan yasalgan bo’lib, aytishlaricha bu shu yerdan oq kiyim kiygan kishilar to’da-to’da bo’lib o’tishgan emish. Shundan mahalla nomi Safedto’da bo’lib qolgan ekan.
Mahalliy aholi orasida mahalla “Sapilto’da” nomi bilan ataladi. Mahallaning 200 yillik tarixiy masjidi saqlanib qolgan. Sho’rolar davrida ushbu masjid, sholcha to’qish sexiga aylantirilgan. Mustaqillikdan so’ng qayta tiklangan va masjid sifatida foydalanilgan.
Qo’rxona
Marg’ilon shahridagi mahallalardan biri. Tarixda mahalla hududida qo’rxona – qurol-yarog’ ombori bo’lgani uchun shunday nom bilan atalgan.
Mahallaning tarixiy masjidi saqlanib qolmagan.
Hazrati Mulla
Marg’ilon shahridagi mahallalardan biri. Mahallada yashagan muttaqiy, olim zotning sharafiga shu nom bilan atalgan.
Mahallaning 200 yillik tarixiy masjidi saqlanib qolgan. Sho’rolar davrida ushbu masjiddan sholcha to’qish, kliyonka ishlab chiqarish korxonasi sifatida foydalanilgan. Mustaqillikdan so’ng qayta tiklangan.
Mahalla qabristoni ham tarixda katta mozorlardan bo’lgan. Uning hududida hozir maktab va shahar issiqlik tarmog’i korxonasi joylashgan.
Tuyagum
Marg’ilon shahridagi mahallalardan biri. Rivoyatlarga qaraganda, uzoq yurtdan safar qilgan zotning tuyasi ushbu mahallaga kirgan-u, gum bo’lgan. Shundan mahalla nomi Tuyagum bo’lib qolgan.
Mahallaning tarixiy masjidi saqlanib qolgan. Yana mahallada 100 yillik tarixiy xammom bo’lib, hozirgacha faoliyat yuritadi.
Bolalgim o’tgan Qizil sharq hozirda esa Ho’ja qishloq haqida malumotlar.
Qizil sharqning vujudga kelishi haqida quyidagi rivoyat bor. Rivoyatga ko’ra bundan 500 yillarcha oldin hozirgi Ho’ja qishloq joylashgan fayzli yerlarga 3 aka- uka adashib kelib qolishgan va shu yerda oilalari bilan qo’nim topishib , ko’payishgan shuning uchun ham qishloqdagi hamma bir biriga qarindosh hisoblanadi.Qishloqdan Angren daryosi oqib o’tadi, daryo qirg’oqidan sal o’tib o’rmon boshlangan unchalik katta bo’lmasada ancha darahtlari quyiq joylashgan. O’rmon va daryo haqida judayam ko’p rivoyatlar yuradi, shulardan biri daryodagi ko’prik haqida. Qadimda bir ilmli, avliyo sifat inson daryodan o’ta olmay turganida uning yonidan bir ho’kiz yo o’tadi, u odam o’sha ho’kizni ustiga o’tirib daryoni kechib o’tadi, qirg’oqqa ozgina qolganda ho’kiz tilga kiradi va ” Ustimda mazza qilib ketayapsanmi?” deydi, shunda bu ho’kiz aslida hayvon ko’rinishidagi shayton ekanligi malum bo’ladi va o’sha inson Qur’oni karimdan su’ralar o’qib uni qaytaradi. Mana shu voqeadan so’ng odamlar huddi o’sha joydan ko’prik qurishadi. Ko’prik yillar davomida yangilanib hozirda zamonaviy ko’rinishga ega.Qishloqning nomiga keladigan bo’lsak sobiq Sho’ro davrida ” Qizil sharq” degan nom olgan. Mustaqillikdan so’ng esa eski ” Ho’ja qishloq” nomi qaytarildi.Ho’ja qishloq mahalla, ko’chalarga bo’linmaydi. Faqatgina qishloqning quyi qismida “To’qol” deb ataluvchi qismi bor. Aytishlaricha bir boy ikkinchi hotini uchun qishloqning quyi qismida bir uy qurdiradi. Ikkinchi hotinidan bo’lgan farzandlari mana shu yerda katta bo’lib , ko’payadi. Keyinchalik bu qismni odamlar o’sha ikkinchi hotin ismi bilan yani ” To’qol” deb atashni boshlashgan ekan.
Assalomu alaykum hurmetli Abdul Aziz afandi , Man Xitoydagi bir Uyg’urdurman ! O’zbekiston hududidagi shahar-qasabalar , aymoq-kantlar nomini istavatib http://www.worldy.info/cities-UZ-Uzbekistan-Q bu jaydagi ” Qashqar ” (Qashqadaryo Viloyati ning ostida , Qirqbuloq ning ustida) nomli bir yurt nomi ko’zumga tushdi , bu yurt nami Xitoy Shinjang muxtoriyat O’lkasidagi Mahmud Koshghariyning Yurti Qashqar (Koshghar) bilan munosibati barmi?
Va alaykum assalom bey afandi.
O’zbekistonda Uyg’uristondagi Qashqar kenti bilan bog’liq birqancha joy nomlari mavjud.
Qashqar qishloq, Qashqar mahalla kabi joy nomlarining kelib chiqishiga esa, Shinjondan kelib o’rnashgan aholi sabab bo’lgan. Atrofdagi mahallalardagilar esa bu yer qashqarliklarning qishlog’i ekan, deb shunday nomlaganlar.
Assalomu alaykum.
Davron, mahallangning rasmlarini ham qo’ysang, juda chiroyli sahifa bo’ladi bu.
ассаломалейкум Тошкентдаги Кор ёгди махалла тогрисида малумотлар керак кайердан олсам болади?