– Uzoqdagi akadan yaqindagi qo’shni yaxshi.
– Bo’ron kichik olovni o’chiradi, lekin kattasini alangalatadi.
– Kalla bilan bitirish lozim bo’lgan joyda musht bilan hech narsaga erishib bo’lmaydi.
– Hamma ishning boshi qiyin.
– Gunohni odam qiladi, jazosini xo’roz oladi.
– Vaqtida aytilmagan dono gap ham ahmoqona qabul qilinadi.
– Bir hamyondagi ikki tanga yuz tangadan ko’ra balandroq jarang beradi.
– Pul – bu najas, ammo najas – pul bo’lolmaydi.
– Pul og’riqni to’xtatolmaydi, pulsizlik umuman to’xtatmaydi.
– Beshikdagi bola uxlashga qo’ymaydi, voyaga yetgani – yashashga.
– Vaysaqi Xudo unga tilni bir lahza ham gapirmasdan turmasligi uchun bergan deb o’ylaydi.
– Agar Xudo kimnidir jazolamoqchi bo’lsa, unga kuchli tafakkur ato qiladi.
– Agar osmondan tosh yog’ilsa, u albatta kambag’alning boshiga tushadi.
– Agar ezgulikning chegarasi bo’lsa, u endi yaxshilik emas.
– Itni urmoqchi bo’lsang, tayoq topiladi.
– Agar qariya yoshga uylansa, ikkalasi ham mamnun bo’lmaydi.
– Aqli va saxovati kamligidan hali hech kim nolimagan.
– Pul va xotin doim o’zingga qaytadi.
– Hatto pul ham kimgadir ortiqcha dahmaza bo’lishi mumkin; pulni topish qiyin, saqlash undan-da qiyin.
– Ezgu maqsadga ham ba’zida qing’ir yo’llar bilan boriladi.
– Bog’ qanday bo’lsa, bog’bon ham shunday.
– Uyda janjal bo’lsa, tashqaridagi chaqmoq ham ko’rinmaydi, guldurak ham eshitilmaydi.
– Agar donishmand ham xafa bo’lsa, u endi oqil emas.
– Agar xizmatkorlar janjal qilsa, xo’jayin o’g’rilikdan boxabar bo’ladi.
– Agar do’stingdan qutulmoqchi bo’lsang undan qarz so’ra yoki o’zing qarz ber.
– Kim katta, kim kichik – baribir, qalbi toza bo’lsin!
– Kim juda yuqoriga chiqib ketsa, pastga faqat uchib tushishi mumkin.
– Kim bersa – bu haqda eslamasligi kerak, kim olsa – buni unutmasligi shart.
– Eshak minishni bilmagan egarga uradi.
– Kim kuchli bo’lsa, u g’alaba qozonadi.
– Yolg’on bir oyoqda turadi, haqiqat – ikki oyoqda.
– Yolg’on o’pichdan shapaloq afzal.
– Sog’ odamga qilingan yaxshilik – oltin, kasalga muruvvat – kumush, o’likka qilingani – qo’rg’oshin.
– Birovdan o’nta kamchilik topish, o’zingdan bitta topgandan oson.
– Qora yerdan oq non unadi.
– Yolg’onchiga eng katta jazo u rost gapirganda ham ishonilmasligidir.
– Bola tarbiyalash uni tug’ishdan qiyin.
– Hamma qarag’ay ham ustun bo’lolmaydi.
– Kun bo’yi ishsiz yurishdan ko’ra og’ir ish yo’q.
– O’zing ichgan quduqqa tupurma.
– Hamma qiyinchiliklar bartaraf bo’lsin deb duo qilma, yo’qchilik tugashi bilan hayot ham nihoyalanadi.
– Ko’zaga emas, ichidagiga boq.
– Bir tojni ikki sulton kiyolmaydi.
– Ikki to’yda birdaniga raqs tushish mumkin emas, ammo ikki kursida birdaniga o’tirsa bo’ladi.
– Terisi onasiga yugan bo’lgan toychoqlar qancha.
– Koyish bilan ham, kulish bilan ham dunyoni o’zgartirib bo’lmaydi.
– Bir it hurisa, boshqalari ham ortidan huriydi.
– Bir ota o’nta bolani to’ydiradi, o’nta bola bir otani boqolmaydi.
– Azob ko’rgan rohat ham ko’radi.
– Sovg’ani yaqinlashish uchun qiladilar, uzoqlashish uchun sadaqa beradilar.
– Haqiqat bilan hali hech kim dunyoni olgan emas.
– Qushga qanotining og’irligi bilinmaydi.
– Agar itga kursiga chiqishni o’rgatsang, u tezda xontaxtaga chiqib oladi.
– Birinchi qadahdan so’ng – qo’y, ikkinchisidan so’ng – sher, uchinchisidan so’ng – cho’chqaga aylanasan.
– Yolg’onchi hech kimga ishonmaydi.
– Qaynona bir vaqtlar o’zi ham kelin bo’lganini unutadi-da, zulm qiladi.
– Vaqtida aytilgan birgina so’z ham qadrli.
– Qarilik – chayono’tdan gulchambar, yigitlik – atirguldan.
– Yaxshilik uchun doim harakatda bo’l, yomonlik o’zi keladi.
– Hech narsa bilmasligini bilgan kishi bilimlidir.
– Ikki qulog’ing bilan eshitganingdan ko’ra, bexosdan bir ko’zing bilan ko’rganingga ishon.
– Bilmayman degan odam, “men bilaman” degandan ko’proq biladi.
– O’t chalg’idan qo’rqadi.
– Takaning soqoli bo’lgani bilan takaligicha qoladi.
– Uyatchan odamlarning farzandi bo’lmaydi.
– Sirka – sharobning o’g’li.
– Yaxshi do’st har joyda hamdam, bu dunyoda ham, u dunyoda ham.
– Yaxshi odamlar yomonni ko’rib o’rganadilar.
– Seni tark etgan do’sting, senga nimanidir o’rgatadi.
– Qalbingda do’stingga nisbatan nima bo’lsa, unda ham sengna nisbatan shu narsa bo’ladi.
– Begonaning tishi bilan chaynab bo’lmaydi.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari.