• Ikki marta o‘ylab, bir marta so‘zla.
• Tuzdan ham sho‘r bo‘lma, asaldan ham shirin bo‘lma.
• Qush adashsa tuzoqqa tushadi, erkak adashsa erkini yo‘qotadi.
• O’ttiz ikki tish orasidan chiqqan so‘z o‘ttiz ikki quloqqa yetib boradi.
• Sovuq so‘z yurakka yetib bormasdan muzga aylanadi.
• Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik ― ayb.
• Peshona terlamasa qozon qaynamaydi.
• Ochga ― non, to‘qqa injiqlik.
• O’nqir-cho‘nqir yo‘l ham yo‘lsizlikdan afzal.
• Adashib qolsang, to‘g‘riga qara.
• Javdar nonni ham ishtaha bilan ye.
• Gavdaga yarasha soya.
• Otni qamchi choptiradi, yigitni ― vijdon.
• Sut ichgan omon qoldi, idish yalagan tutildi.
• Bir marta sinalganni ming marta sinov qilma.
• Ko‘p bilganni dard ham urmaydi, o‘lat ham.
• Ayiqdan qo‘rqib, bo‘riga duch keldi, dushmandan qo‘rqib o‘limni kutdi.
• Birovning chanasiga o‘tirma, o‘tirgan bo‘lsang achinma.
• Aytilmagan so‘z uchun ― o‘zing xo‘jayin, aytilgan so‘z ― hammaning mulki.
• Do‘stingning pichog‘i bilan shoxni kessang ham mayli, dushmanning pichog‘i bilan namat kes xolos.
• Bitta barmoq bilan chimchilolmaysan.
• Qamishsiz ko‘l bo‘lmaydi, g‘ussasiz ― qalb.
• Kuchli odam emas, kek saqlovchi odam xavfli.
• Qashshoq ko‘chmanchidan xiroj so‘rama.
• O’zingni katta olma, boshqalarni pastga urma.
• Erta sayragan kakkuning boshi og‘riydi.
• Ishbilarmon odam yuzidan ma’lum.
• Donoga aytsang kifoya, nodonga tayoq kerak.
• Shamolsiz daraxt tebranmaydi.
• Do‘stingni xafa qilishdan va dushmanning siridan qo‘rq.
• Bosh omon bo‘lsa qalpoq topiladi.
• Uchqir otga qamchi urishning hojati yo‘q, aqlli odamga ― o‘rgatishning.
• Bir yurakka ikki sevgini sig‘maydi.
• Xursandchilikning o‘lchovli ekanini bil, kulfat paytida iymoningni yo‘qotma.
• Oldinga bir marta qara, orqaga besh marta qara.
• Vaqtni qo‘l bilan to‘xtatolmaysan.
• Aytilgan so‘z ― uchayotgan qush.
• O’q o‘tmagan joyga qilich ham solma.
• Chuqur daryo tinch oqadi.
• Daraxtni niholligida egib ol.
• Tog‘ni tosh go‘zal qiladi, odamni ― bosh.
• Bir sigirning iflos dumi yuz sigirni bulg‘aydi.
• Yaxshiga maslahat bersang rahmat aytadi, yomon esa kalaka qiladi.
• Daraxt yaprog‘i bilan go‘zal, odam ― kiyimi bilan.
• Do‘st ruhingni ko‘taradi.
• Boshqalarni eshit, o‘z bilganingdan qolma.
• “Asal” degan bilan og‘zing shirin bo‘lib qolmaydi.
• Ko‘p bilsang ham kam gapir.
• Kichkina ishni ham kattasiday uddala.
• Qanday o‘ylasang, shunday ko‘rasan.
• Qalb keng bo‘lsa, muruvvat topiladi.
• Egri qayin qorni ko‘tarolmaydi, yomon odam so‘zida turmaydi.
• Kim ko‘p tanlasa, unga o‘ynoqi xotin nasib qiladi.
• Kasal bo‘lmagan sog‘likning qadriga yetmaydi.
• O’z aybi bilan yiqilgan hech qachon yig‘lamaydi.
• Shirin so‘z bilan toshni yorsa bo‘ladi.
• Dangasa bir ishni ikki marta qiladi.
• Yaproqni shamol adashtiradi, odamni ― so‘z.
• Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli dashtda.
• Kam gapirib, ko‘p tingla.
• Bitta g‘ildirak bilan manzilga yetolmaysan.
• Haqiqiy erkak maqsadiga erishadi.
• Qo‘rqoqni yo‘ldosh qilma, soqovni xorga olma.
• Dushmanning tabassumiga ishonma.
• Achchiqni totmay turib shirinni yeyolmaysan.
• Kuchingga emas, aqlingga tayan.
• Suvga sakramasdan suzishni o‘rganolmaysan.
• Qiyinchilik ko‘rmasdan non tishlolmaysan.
• Qo‘l kuchi bilan emas, qalb amri bilan hukm qil.
• Raqsni bilmaydigan musiqani ham sevmaydi.
• Yurishni bilmagan yo‘lni rasvo qiladi, gapirishni bilmagan ― so‘zni.
• Yoqmaydigan narsa doim ortiqcha.
• Yig‘lamagan chaqaloqni emizmaydilar.
• Bir qo‘l bilan qarsak chalib bo‘lmaydi.
• Kiyikning shoxiga pashsha o‘tirmaydi.
• Barmoq barmoq bilan, odam odam bilan barobar emas.
• Toshga o‘yilganni o‘chirib bo‘lmaydi.
• Yomon ot egasini qaritadi, yomon xotin ― erini.
• Adyolga qarab oyoq uzat.
• Ko‘pga erishaman deb ozdan qolma.
• Harakat qilmay Xudodan umid qilgan och qoladi.
• Janjaldan keyin qo‘l ko‘taradi.
• Hanjar yarasi bitadi, til yarasi aslo bitmaydi.
• Baliq chuqur joyni sevadi, mulla ― badavlat joyni.
• Qalbdan aytilgan so‘z yurakka yetib boradi.
• Kuchli bittasini yengadi, aqlli ― mingtasini.
• Aytilgan so‘z ― otilgan o‘q.
• So‘z ― kumush, sukut ― oltin.
• Chaqqonlik ― baxtning yarmi.
• It o‘z uyasida kuchli.
• Dono bilan ham, nodon bilan ham maslahatlash.
• Indamas it hurimaydi, lekin tishlaydi.
• Sekin yurgan manzilga yetdi, shoshilgan yo‘ldan adashdi.
• Aqlli yuzidan ma’lum, nodon ― so‘zidan.
• Aqlliga gapirma ― o‘zi bilib oladi, saxiydan so‘rama ― o‘zi beradi.
• Egri o‘tirsang ham to‘g‘ri gapir.
• Tuyaday bo‘ydan ko‘ra, tugmaday aql afzal.
• Birovning aqli bilan boyigandan o‘z aqling bilan kambag‘al yashaganing afzal.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari