Marg’ilondan Toshkentga yo’lga chiqarkanman, haydovchidan ushbularni so’rab olaman:
1. Yo’lda chekmaysizmi?
2. Benzinda yurasizmi?
3. Xitoy tovariz yo’qmi?
4-savol yangi qo’shildi: Ishqilib, Ozodbekning diskini qo’ymaysizmi?
Ko’pincha, 4-savol mavhum qoladi. To’rtta passajirdan kamida ikkitasi “Ozodbekdan bo’siin” deydi. Majbur bo’lasiz. 5 soatlik konsert boshlanadi. Qulog’ingizni mahkam yopib olsangiz-da, kimningdir “Yashavor, Ozod”idan uyg’onib ketasiz. Eshitaverib bezor bo’lib ketgan kuylaringizdan mast bo’lib, manzildagi bekatda mashinadan tushib qolasiz. Qutuldima, deya avtobusga chiqqaningiz zamon, “yana sog’indim, yana” boshlanadi…