xatmona

Xatmona

Shanba kuni mahalliy Oqmachit (Robiyaxon hoji ona) jome’ masjidida ham 12 kunlik xatmona nihoyasiga yetdi. Tumonat odam yig’ildi. Saflar juda zich bo’ldi, tor bo’ldi. Issiq mo’l bo’ldi. Ko’ylaklar terdan ivib ketdi. O’ylab qoldim: Qaniydi, terdan ho’l bo’lgan kabi kiyim-boshlarimiz Alloh uchun to’kilgan ko’z yoshdan ho’l bo’lsaa… Qori judayam chiroyli o’qidi, xatmona oxirigacha joyini tark etganlarni ko’rmadim. Xatmona so’nggida imom Rahmatulloh Давоми …

Ramazonning bir kuni

Soat 18.30. Iftorlikka 40 minutdan oshiqroq vaqt bor. Ishxonadan chiqaman. Ko’chada avtomobil harakati tezlashgan. Menga kerakli marshrutga chiqish ham o’ziga xos muammo. Nihoyat bo’shroq “Damas” keladi. Ikki shahar orasidagi postdan o’tarkan, haydovchi marshrut raqamini olib tashlaydi va xo’jako’rsinga tasmani taqib oladi. Soat 18.40. Yo’l-yo’lakay gazsuvxona, ayronxonalarda turnaqator navbatni kuzataman. Ro’zadorlar issiq kunlarda iftorlik uchun turli ichimliklarni ko’tarib ketayotganlari chanqagan nigohlarimga Давоми …