Dard berib, davo berganingga shukr!

Allohning bergan har bir ne’matiga shukr qilish kerakligini yana bir marta angladim. Inson a’zolari Allohning san’ati ilohiysi bilan shunday mukammal yarilganki, butun dunyo olimlari bir bo’lib harakat qilsalarda, bitta tirnoq ham yarata olmaydilar. Avvallari hech tishim og’rimagan edi. Tish og’rig’i yomon bo’lar ekan. Bosh qismidagi barcha nerv hujayralariga birdek ta’sir etib, oromingizni yo’qotarkansiz. 2 kun shunday o’tdi. Tomoqdan narsa o’tmaydi, Давоми …

Marg’ilon – oltin vodiyning hikmat javohiri

Marg‘ilon. Bu nomni hamma har xil yodga oladi. Kimdir unga o‘zining atlaslari, hunarmadchiligi bilan dunyoga mashhur shahar deya ta’rif bersa, yana kimgadir uning xushchaqchaq, yosh bolalarini ham “siz”laydigan, hazilkash odamlari yoqadi. Kimdir esa millionlab o‘zbekning qalbiga singib qolgan marg‘ilonlik Kumushning siymosida o‘z qizini ko‘radi. Yana kimdir “Sohibi “Hidoya” Burhoniddin Marg‘iloniy shu yurtdan ekanligidan faxrlanadi. VODIY MARJONI Marg‘ilon O’rta Osiyoning madaniyat Давоми …

AQSHning eng ahmoq kishilari – OFTK 2006

Har yili AQSh omma fikrini tadqiq etish korporatsiyasi amerikaliklar kimlarni eng ahmoq deb hisoblashlarini o‘rganib chiqadi. Bu yilgi reytingda birinchi o‘rinni Maykl Jekson egalladi. Unga jiddiy raqiblar sifatida AQSh vitse-prezidenti Dik Cheyni va mehmonxona biznesi merosxo‘ri Peris Xilton «sahna»ga chiqdilar. Ayni paytda Bahraynda yashovchi pop musiqasi qiroli Maykl Jekson o‘z yurtida yosh bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik aybi bilan sudlangandan keyin Давоми …

Dunyoning eng qimmat shaharlari – EIU 2006

Economist Intelligence Unit (EIU) guruhi dunyodagi 130 ta shaharning narx-navo bahosini tadqiq etib, Norvegiya poytaxtini eng qimmat shahar deb e’lon qildi. BBCning xabar berishicha, dunyodagi yashash eng qimmat bo‘lgan shaharlar ichida  Tokio 14 yillik peshqadamlikdan so‘ng o‘z o‘rnini Osloga bo‘shatib berdi. Yana bir shimoliy shahar — Reykyavik (Islandiya) ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, reytingdagi ikkinchi Yaponiya shahri Osaka to‘rtinchi o‘rinni Давоми …

Dunyoning eng boy hukmdorlari – Forbes 2006

Forbes jurnali dunyoning eng boy hukmdorlari: qirol va qirolichalar, diktatorlar ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingni Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh bin Abdulaziz 21 milliard dollar mablag‘ bilan boshqarib turibdi. 2005 yilning avgust oyida Saudiya qiroli Fahd vafot etib, uning o‘rniga ukasi taxtga chiqqandi. Mamlakatda qirol oilasi neft biznesining 45 foizini boshqaradi. Ikkinchi o‘rinni esa Bruney sultoni Hoji Hassan al-Bolkiah 20 milliard dollar Давоми …

Yevropaning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalari – EI 2006

Yevropa institutining ekspertlari YeIning 15 ta davlatidagi 1000 dan ortiq korporatsiyalar faoliyatini o‘rganib chiqib, ishlash uchun eng qulay bo‘lgan kompaniyalar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning yuqori pog‘onalaridan o‘rin olgan kompaniyalar o‘z xodimlariga nafaqat ishlash uchun, yana yashash uchun ham eng yaxshi sharoitlarni yaratib beradilar. Ish beruvchilar xodimlarning qo‘shimcha ta’lim, tibbiy ehtiyojlar, sport bilan shug‘ullanish, ko‘ngilochish hamda ba’zi uy to‘lovlari uchun ketadigan Давоми …

Angliyaning eng yosh va mashhur boyvuchchalari – Sunday Times 2006

Angliyaning Sunday Times gazetasi har yili Buyuk Britaniyaning eng yosh boyvuchchalari ro‘yxatini e’lon qilib boradi. Bu reytingda Angliyada yashab, ijod qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan sahna yulduzlari ishtirok etadilar. Bu yil ushbu ro‘yxatga kirganlarning soni 100 taga yetdi. Buyuk Britaniyada yashovchi, asli singapurlik skripkachi Vanessa Mey bu yil Angliya shou-biznesidagi eng boy yosh san’atkorga aylandi. 27 yoshli Vanessaning mablag‘i 32 million Давоми …

АЁЛ АЁЛ БЎЛГАНИ ЯХШИ. «Hurriyat». 18.10.2006

– Муносабат – АЁЛ АЁЛ БЎЛГАНИ ЯХШИ Аллоҳ таоло инсонни жуфт-жуфт қилиб яратиши ажиб бир ҳикматдир. Жуфтликдан муҳаббат яралди. Муҳаббатдан қалб яралди. Агар жуфтлик бўлмаганида на қалб бўларди ва на муҳаббат! Худди шунингдек инсон ўз жуфтидан ажраб туриши учун кийимни кашф этди. Жуфтлик бўлмаганида кийим ҳам бўлмасди, балки. Кийимнинг биринчи вазифаси танани ёпиш бўлса, иккинчиси қарама-қарши жуфтдан ажралиб туришдир. Ибтидода Давоми …

Dunyoning eng boy kishilari – Forbes 2006

Har yilgi an’anaga ko‘ra Forbes jurnali dunyoning eng boy kishilari – milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga jami 793 nafar milliarder kiritilgan. Jurnalning hisob-kitoblariga qaranganda oxirgi yilda dunyodagi milliarderlar soni 102 nafarga ko‘paygan va hozirda jami 793 nafarni tashkil etmoqda. Ularning mablag‘i esa 18 foizga oshib, jami 2,6 trillion dollarga yetgan. Forbes bosh muharriri Luiza Krollning ta’kidlashicha, 2005 yilda Rossiya (108 Давоми …

Mashhur yettiliklar

Dunyoda sonlar bilan bog’liq turli afsonalar yuradi. Ko’pgina xalqlarda esa 7 soni xosiyatli raqam hisoblanadi. Aslida bu hech narsani hal qilmasa-da va hech qanday ilohiy mantiqqa ega bo’lmasa-da, hayotda shu son bilan bog’liq bir qancha ajoyibotlar mavjud. 7 kun, 7  mo’jiza, 7 hazina, 7 avlod, 7 iqlim, 7 rang, 7 sayyora, 7 dengiz, 7 farz… Quyida mashhur yettiliklar bilan tanishasiz. Давоми …