Yolg’onchi va munofiqlarga vayl bo’lsin!

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taolo aytadi: «Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas» (Zumar surasi, 3). Ya’ni, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsani hidoyatiga muvaffaq qilmaydi, haq dinga yo‘llab qo‘ymaydi. «Yolg‘on so‘zlarni ham faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalargina to‘qirlar. Ana o‘shalar yolg‘onchidirlar» (Nahl surasi, 105). Ya’ni, Allohga va oyatlariga iymon keltirmagan kimsagina U zot sha’niga yolg‘on to‘qiydi. Chunki Давоми …

Iftorlikdagi tomosha

Kecha bir do’stimni kutib olish uchun iftorga yaqin ko’chaga chiqdim. Do’stimni kutib oldim. Iftor payti yetdi. Yo’lda uchragan bir oshxona-kafega kirib og’iz ochmoqchi bo’ldik. Kirdik. Lekin ne ko’z bilan ko’rayki… Iftor paytida, ramazon oyida… deyarli har bir stolda odamlar, eng hayratlanganim ayollar, o’zbek ayoli, qizlar… o’zbek qizi aroq ichib o’tirishibdi… Astag’firulloh, dedim. Nahotki, hech ham o’ylamagandim. Axir Ramazon oyida-ya! Iftor Давоми …

Jahon xalqlari maqollari

Xitoy maqollari – Daraxt qanchalik yuksak bo’lsa bo’lsin, baribir yaproqlari yana yerga to’kiladi. – Boshqalarga ta’na qilgandek o’zingga ta’na qil, o’zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir. – Muvaffaqiyatsizlik insonga ko’p narsalar o’rgatadi. – Bir onlik g’azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan. – Tog’larga chiqmagan, uzoqlarni ko’rolmas. – Biron narsa sotib olsang quloq bilan emas, ko’z bilan ish tut. Nemis maqollari – Давоми …

Turk xalq maqollari

– Og’rigan bosh, yig’lagan ko’z yashirilmas. – Yig’lasa onam yig’lar, boshqasi yolg’on yig’lar. – Og’ir qozon kech qaynar. – Og’riqsiz bosh mozorda bo’ladi. – Ochiq yaraga qurt tushmas. – Odam eshagidan, xotin to’shagidan ma’lum. – Odam bo’lganga bitta so’z yetar. – Odam yengilish bilan ma’rifatli bo’ladi, yanglishish bilan – olim. – Odamning yaxshisi ish boshida ma’lum bo’ladi. – Och qo’ynida Давоми …

Benzin eng qimmat davlatlar – The Oil Drum 2007

Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy holat tufayli butun jahonda benzin va neft mahsulotlari narhi oshib borishi davom etmoqda. Neft ishlab chiqaruvchi davlatlardagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat bevosita neft narhi va ishlab chiqarish jarayoniga bog’liq bo’ladi. The Oil Drum internet portali dunyo davlatlaridagi benzin narhlari ko’rsatkichini o’rganib chiqib, o’z reytingini e’lon qildi. Bu reytingga eng qimmat benzin markasi – “Super Yevro” (bizning AI-95 Давоми …

Dunyoning eng yaxshi va qimmat brendlari – Interbrand 2007

Eng qimmat brend (savdo markasi) qancha turadi? Dunyodagi eng qimmat brend qaysi? Kimning firma logotipi yiliga milliardlab dollar daromad keltiradi? Yaqin kelajakda qaysi brend muvaffaqiyat qozonadi? Ushbu savollarga quyidagi reytingdan javob olishingiz mumkin. Har yili bir-biridan mustaqil tarzda ikki nashr (“Business Week” va “The Financial Times”) Interbrand xalqaro konsalting guruhi va Millward Brown Optimor tadqiqot kompaniyalari dunyoning eng yaxshi va Давоми …

Onajonim! Sizni sog’inaveraman!

Inson o’zi shunaqa: yonimizda bizga bor muhabbati bilan mehr berayotganlarni ular bizga yaqinliklarida kam tafakkur qilamiz, ularning mehru muhabbatlarini kundalik bir oddiy qilinishi kerak bo’lgan e’tibordek qabul qilamiz. Vaqti kelib, bu mehr va muhabbat taftidan uzoqlashganimizda esa, o’sha mo’tabar, aziz insonlarimizni qo’msay boshlaymiz. Kunda aytiladigan “o’g’lim, yaxshi uxlab turdingmi?”, “Qorning ochmadimi?”, “Charchab qolmadingmi?” degan so’zlarning ham qanchalik qudratga ega ekanligini Давоми …

Choy bangilari. Shahit Namzeli

CHOY BANGILARI Ey Rabbimiz! Yaratmishsan dunyoni yana ikki, Ularning maqsadi Islomdan boshqa neki? Orqamizdan baqirsalar, bular telbami toki Ularga gul otar-otmas, Xizmatga ketajakmiz. Zakariyo quling kabi arralar-la kessalar, Munodiymiz Bilol kabi xarsang tosh-la ezsalar, Devorlar  va tog’larni to’siq deya tizsalar, Bir tepmakda buzar-buzmas, Xizmatga ketajakmiz. Biz asoyi Muso bo’lib, dengizlarni yoramiz, Bir Hiraqlit zarbasidek zanjirlarni uzamiz, Biz Ibrohim do’sting kabi Давоми …

Marg’ilon tonglari juda ajoyib…

Bugungi tong men uchun judayam chiroyli otdi. Chunki men o’z uyimdaman, ota-onam bag’rida. Kecha kelishim bilan uyda bayram boshlandi. Jiyanlarimning quvonchidan ko’zim yoshlanishiga jichcha qoldi… O’z uyingga yetmas ekan baribir. Uyga kirishim bilan, salom-alikdan so’ng har doimgi savol beriladi: – Necha kunga kelding, o’g’lim? – Kelmasimdan avva ketishimni so’raysizlar-a? – deya hazillashaman. Yig’lamsirab turgan onamning javoblari shu bo’ladi: – Sening Давоми …

Tushlar… Ne haqiqat ayon ularda?

Tushlar… Insonning eng ajabtovur damlari… Xayollar ummoni… Orzular makoni… Odatda ko’pchiligimiz tush ko’ramiz. Tushlarda ba’zi haqiqatlar ham oshkor bo’ladi. Unda siz kelajakka safar qilishingiz ham mumkin. Shuning uchun ham ayni bir voqelikni, buni oldin tushimda ko’rganman, degan tuyg’u ham bo’ladi. Bugun tush ko’ribman. O’sh shahrida ekanman. Chamasi, 1989-90 yillar… Men xuddi hozirgi yoshimdaman. Olomon… Juda ko’p xalq to’plangan… Nimagaligini so’rasam Давоми …