Chumolilar hayotidan fotoreportaj

Ular haqida ancha avval fotoreportaj uyushtirmoqchi edim. O’shanda ular tomorqaga ekilgan, so’ng unib, urug’ tukkan, oxir oqibat yulib tashlangan o’sma urug’larini qariyb 20 metr masofaga tashib ulgurishgan edi. Ularning mashrutlarini kuzatib ham orom olsa bo’ladi. O’zlaridan 5-6 baravar og’ir yukni katta tezlikda (tezlik shu darajada kattaki, bir chumolini muayyan tasvirga olish imkoni bo’lmadi) o’z inlariga tashlab, yana orada bir-birlari bilan Давоми …

Ehtiyot bo’ling, terak guli!

Yoshligimda multfilmda bo’lsa-da, qo’ziqorin yomg’iri, sabzi yomg’iri, pishloq yomg’irini ko’rgandim. Keyinchalik chigirtka yomg’irini ko’rib, hayratim oshgandi. Yaqin 5-6 yildan beri Farg’onada terak guli yomg’iri avj olgan. Uydan hovliga chiqishingiz bilan pardek uchib yurgan Kaliforniya teragi gullari avvalo ko’zingizni oladi, qor yog’yaptimi deb o’ylaysiz. So’ng biroz tashqarilagach, par gullari burningizga, qulog’ingizgga, ehtiyot bo’lmasangiz, ko’zingizga kirib ketadi. Ular uchib-uchib, burchaklarda, duch kelgan Давоми …

Ozodbek keksidan yeganmisiz?

San’atkorlargayam, biznesmenlargayam tan bermadim-da. Kuni kecha qandolat bozoriga tushgandim. Jiyanlarga ul-bul xarid qilish bahonasida mahsulotlarni ko’rarkanman, ularning narxiga ko’ra qatorga taxlangani e’tiborimni tortdi. Yuqoriroqda qimmat mahsulotlar qatorida turgan qandolatni pastroqda juda arzon mahsulotlar qatorida ham uchratish mumkin edi. Sababini so’rasam, pastdagilar “poddelka” ekanligini aytishdi. Snickers o’rniga Shikers, Bounty o’rniga Boumty deya nomlangan arzon, sifatsiz mahsulotlar qatorida ne ko’z bilan ko’rayki, Давоми …

Yo’l o’ylari

Shaharda nima ko’p? Damas. Shunga yarasha yo’lovchi ham ko’p. Kattalarimiz ta’lim berarkanlar: “O’g’lim, mana mashinaga ham ega bo’ling. Yo’lda ketarkansan yo’l chetida turgan qariyalar, xomilador ayollar va bolalarni olib, manziliga xolis eltib qo’y. Baraka topasan” deyishadi. Lekin… hozirgi yosh “shofercha”lar yuqoridagi o’gitga amal qilish tugul, yo’l chetidagi yo’lovchilarga yomg’irda suv, quruq kunda chang sepib ketadigan bo’lishgan. Hozir ham “Damas”da kelarkanman, Давоми …

Muazzinning so’nggi azoni

Bir otaxon hikoya qilib beradilar: “Har galgidek bomdodni “Oqmasjid”da o’qish uchun velosipedda yo’lga chiqdim. Mashad chorrahasiga yetganimda azonning so’nggi kalimalari aytilgan edi. Muazzin Abdurrahmon azonni aytib bo’lib, shoshilganchga uyi tomon ketayotgan ekan. Yo’lda ko’rishdik. “Men hozir, uyga kirib, sunnatni o’qib, so’ng jamoatga chiqaman”, dedi-da, yugurgancha uyiga kirib ketdi. Jamoat yig’ildi. Farz namoziga takbir aytildi. Belim og’rigani bois orqaroqdagi safda qolib Давоми …

Shaxsiy kutubxonangizni qanday yuritasiz?

Aziz kitob muxlislari! Shaxsiy kutubxonangizni qanday yuritasiz. O’z tajribamdan ba’zi tavsiyalarni siz bilan baham ko’rsam: 1. O’z kitob katalogingizni tuzib qo’ying. Uni computerda amalga oshirish osonroq. Excel dasturida jadval tashkil etib, kitob nomi, muallifi, chiqqan yili, nashriyoti, shahri, tili, mavzusi bo’yicha to’ldirib chiqing. Bu narsani oddiy kundalik daftarda ham amalga oshirsa bo’ladi. 2. Kitobni qachon sotib olganingiz yoki sizga kimdir Давоми …

Ozodbekdan doood!

Marg’ilondan Toshkentga yo’lga chiqarkanman, haydovchidan ushbularni so’rab olaman: 1. Yo’lda chekmaysizmi? 2. Benzinda yurasizmi? 3. Xitoy tovariz yo’qmi? 4-savol yangi qo’shildi: Ishqilib, Ozodbekning diskini qo’ymaysizmi? Ko’pincha, 4-savol mavhum qoladi. To’rtta passajirdan kamida ikkitasi “Ozodbekdan bo’siin” deydi. Majbur bo’lasiz. 5 soatlik konsert boshlanadi. Qulog’ingizni mahkam yopib olsangiz-da, kimningdir “Yashavor, Ozod”idan uyg’onib ketasiz. Eshitaverib bezor bo’lib ketgan kuylaringizdan mast bo’lib, manzildagi bekatda Давоми …

«Hind sayyohi qissasi»dan hissalar

Bugun Abdurauf Fitratning «Hind sayyohining qissasi» asarini o‘qib tugatdim. Asar asli tojik tilida yozilib, 1912 yili Istanbulda chop etilgan. O’zbek tilida ilk bor Hasan Qudratullaev tarjimasida 1991 yili «Sharq yulduzi» jurnalida bosilgan. Asarda muallif Buxoroga tashrif buyurgan hind sayyohining hikoyasi orqali o‘sha davrdagi Buxoro xonligidagi birqancha muammolarni shafqatsiz fosh etadi va ularga yechim izlaydi. Hind sayyohi duch kelgan muammolar: – Давоми …