Haqiqat nima? Sevgi nima?

Men kecha turk adibi Alouddin Basharning “Haqiqat nima?” hamda “Sevgi nima?” asarlarini o’qib chiqdim. Hayot ostonasiga qadam qo’yayotgan har bir yosh uchun bu kitob asqotadi degan umiddaman. Kitobda ushbu masalalar ko’tariladi: – Haqiqiat nima? – Hayot nima? – Oxirat nima? – Sevgi nima? – Kimni va nimani sevish kerak? – Hozirgi yoshlarning muammosi nimada? Ushbu kitoblarni Ziyo uz aytidan olib Давоми …

Mehr tuyg’usi

Odamlarda mehr tuyg’usi yo’qolib, hamma narsani insonning tashqi ko’rinishi yoki cho’ntagiga qarab baho berish zamonining boshlanishi fojea emasmi? Afsuski bunaqa holatlarga men ham ko’p duch kelaman. Avtobuslarda ham qari otaxon va onaxonlardan uyalmasdan to’liq to’lang deya o’shqirayotgan konduktorlarni uchrataman. To’g’ri, talab qilish ularning ham vazifasi, lekin hurmat qayerda qoladi, musulmonga xos izzat qayerda qoladi? Aslida men pensiya yoshidagilarga davlat transportining Давоми …

Benuqson mum uya qura oladigan asalarilar

Harun Yahyaning Benuqson mum uya qura oladigan ASALARILAR (ПЧЕЛЫ которые умеют строить безупречные соты) kitobini kecha o’qib chiqdim. Bolalar uchun mo’ljallangan bu kitob judayam qiziq ma’lumotlarga boy ekan. Ayniqsa kitobning dekorativ tuzilishi, rasmlar bilan bezalganligi har bir yosh bola tugul, kattalarni ham risolani mutolaa qilib chiqishga undaydi. Bu kitob aslida ilmiy risola bo’lib, muallif uni bolalarga xos uslub bilan bayon Давоми …

Bahoimni ololmadim

Bugungi kun ham sessiyani yopish bahonasida o’qishga bordim. Axborot texnologiyalari fani domlamiz topshirgan ishlarimiz bo’yicha bahoni qo’yib berdi: 95 ball. Undan so’ng o’quv yilining oxirida kiritilgan “Prezident ma’ruzasidan” maxsus kursga baho qo’ydirgani bordim. Ba’zi bir domlalarga hayronman. Ikkita dars oldin kuyib-pishib, demokratiya, korrupsiya, poraxo’rlik haqida to’lib-toshib gapirgan domlaning bu kungi ishlarini ko’rib… Pul insonni 1 sekunda o’zgartirib qo’yarkan… Kimlardir senga Давоми …

Yoshlikdagi sevimli multfilmlar

Yoshligida multfilm tomosha qilmagan inson oramizda yo’q bo’lsa kerak. Yoshligimizda biz multfilmlardagi voqealarga ishonardik. Multfilm qahramonlar bilan birga yashardik. Siz qaysi multfilmlarni sevib tomasha qilgansiz? 1. Nomi esimdan chiqib qoldi. Haligi bir qizcha o’rmonga boradi. Qarasa quyonlar sovuqotib o’tirishgan bo’ladi. keyin ularga uy qurib beradi. Orada tulkini somsa bilan boqadi. Oyisi: “Ro’molingni opkeldingmi, qizim deydi-ku… 2. Pingvinlar haqida “Lolo, Pepe. Давоми …

Novqa. Mo’g’ol va damnigana sayohat

Baxmal tog’larida joylashgan so’lim Novqa qishlog’ida ikki kun kun mehmon bo’ldik. Haqiqatda u yerlarni bekorga Baxcmal deyishmas ekan. Baxmalga kirar ekanmiz, lolaqizg’aldoq va turli gullar bilan tabiat tomonidan bezatilgan Allohning buyuk qudratiga guvoh bo’ldik. Xuddi tabiat o’z go’zalliklarini gilam qilib to’shab qo’ygandek. Havoga esa ta’riflash uchun so’z yetmaydi. Shaharning bo’g’iq va siqiq havosidan bezor bo’lgan tanamiz toza havo nimaligini his Давоми …

Inson g’animat

Ertalab uyqudan turib… birinchi aytadigan Allohga shukronalar. Meni turgizgani uchun, hali rizqim borligi uchun. Tirikligim, nafas olayotganim uchun shukronalar aytaman. Insonning umri bir nafaslik vaqtchalik ham emas. Kecha ko’rgan insoningni har doim ham ertaga ko’ravermas ekansan. Biz yettovlon edik. Doim birga edik. Bittamiz horijga ketdi o’qishni davom ettirgani, bittamiz, vatanga. Yana birimiz esa… kechagina birga kulishib, gaplashib o’tirgan do’stimiz… rizqi Давоми …

Suyunchi

Ertalabdan kayfiyatim judayam a’lo bo’ldi. Ertalabda uyga telefon qilish fikri keldi. Negadir rosa band bo’ldi. Bir narsani sezdim, yaxshi xabar. Telefon qildim. – Suyunchi, bering, Davronbek, jiyanli bo’ldiz, – bu kelinoyimning gapi. – Ha, bilgandek telefon qildim-da. – Qalay o’g’ilmi-qizmi? – Yana bitta to’polonchi o’g’lon. Keyin ayajonim bilan gaplashdim. Ularni yana bir nabira bilan qutladim. – Opam, o’zlari yaxshimi? Chaqaloqni Давоми …

Baxt va baxtsizlik

Aslida biz bu betayin dunyoga nima uchun keldik? Yashamoq uchun deyishi mumkin kimdir? Yana allakimlardir hayotda bir iz qoldirish uchun deb javob berishi mumkin. Agar inson yashash uchun olamga kelsa nega o’ladi? Axir u umrguzaronlik qilish uchun mana shu yer yuzini tanlamaganmidi? Hayotda hamma ham munosib iz qoldira olmaydi. Iz qoldirish oddiygina yashash bilan bo’lmaydi. Qiyinchilik ko’rmay yashahagan inson bu Давоми …

Men esa yo’ldaman

Tun… Sokin oqshom! Falakda yulduzlar tantana qiladi. Men esa yo’ldaman. Yulduzlarga termulaman, ularning ham qayg’ulari, g’amlari bormikin? Yo’q, men ularga xavas qilaman. Nega shunday katta va bahaybat yulduzlar bizga kichkina bo’lib ko’rinishadi. Nega unda mashhur kishilarni yulduz deyishadi? Axir yulduzlarlar bor malohatini ko’rsatmaydilar-ku! Ana, bitta yulduz, o’zini tashlab yubordi… Bir zumda yo’qoldi qoldi u… Inson hayoti ham shunaqa. Bir marta Давоми …