Suyunchi

Ertalabdan kayfiyatim judayam a’lo bo’ldi. Ertalabda uyga telefon qilish fikri keldi. Negadir rosa band bo’ldi. Bir narsani sezdim, yaxshi xabar. Telefon qildim. – Suyunchi, bering, Davronbek, jiyanli bo’ldiz, – bu kelinoyimning gapi. – Ha, bilgandek telefon qildim-da. – Qalay o’g’ilmi-qizmi? – Yana bitta to’polonchi o’g’lon. Keyin ayajonim bilan gaplashdim. Ularni yana bir nabira bilan qutladim. – Opam, o’zlari yaxshimi? Chaqaloqni Давоми …

Baxt va baxtsizlik

Aslida biz bu betayin dunyoga nima uchun keldik? Yashamoq uchun deyishi mumkin kimdir? Yana allakimlardir hayotda bir iz qoldirish uchun deb javob berishi mumkin. Agar inson yashash uchun olamga kelsa nega o’ladi? Axir u umrguzaronlik qilish uchun mana shu yer yuzini tanlamaganmidi? Hayotda hamma ham munosib iz qoldira olmaydi. Iz qoldirish oddiygina yashash bilan bo’lmaydi. Qiyinchilik ko’rmay yashahagan inson bu Давоми …

Men esa yo’ldaman

Tun… Sokin oqshom! Falakda yulduzlar tantana qiladi. Men esa yo’ldaman. Yulduzlarga termulaman, ularning ham qayg’ulari, g’amlari bormikin? Yo’q, men ularga xavas qilaman. Nega shunday katta va bahaybat yulduzlar bizga kichkina bo’lib ko’rinishadi. Nega unda mashhur kishilarni yulduz deyishadi? Axir yulduzlarlar bor malohatini ko’rsatmaydilar-ku! Ana, bitta yulduz, o’zini tashlab yubordi… Bir zumda yo’qoldi qoldi u… Inson hayoti ham shunaqa. Bir marta Давоми …

Ozodlik

Bu kun man uchun judayam baxtli, quvonchli kun bo’ldi. Garchi ba’zi bir maishiy muammolar bilan ozgina xayolim sochilgan bo’lsa-da, tushlikka yaqin orzularim, umidlarimning ushalgani sabab baxtlar ummoniga g’arq bo’ldim. Bugun eng yaqin birodarim, forumimiz a’zosi, do’stim – Sobirjonni ozod etishdi! Avvaliga do’stimni ko’rib yig’lasam kerak deb o’ylagandim. Lekin unday bo’lmadi. Sobirjon har doimgidek yuzida tabassum bilan biz bilan ko’rishdi. 1 Давоми …

Dardi bedavo

Aziz Nesinning “Dardi bedavo”, “Dengiz oyoq ostida” va “Chegara ustidagi uy” hikoyalarini o’qib chiqdim. Mashhur turk adibi Aziz Nesinni bilmagan adabiyot muxlisi bo’lmasa kerak. O’z umri davomida 110 dan ortiq kitob yozgan Nesinning birqancha asarlari o’zbek tiliga ham tarjima qilingan. Ayniqsa, uning achchiq kulgiga boy hajviy hikoyalari kitobxonlarga juda ma’qul keladi. Quyidagi hikoyalar ham mana shunday jamiyat muammolari kulgi asosida Давоми …

Eski kundaliklar

Kecha eski kundaliklarimni varaqlay boshladim. Ularni yana qayta o’qiyapman-u, ba’zan kuyinaman, ba’zan suyunaman. Inson o’z tarixini, o’tmishini hech bo’lmasa haftasiga bir marta o’ylab, shundan fikr qilsa ancha-mucha yangi muammolariga javob toparkan. Eng yaxshi chora – sabr va duo! Yaxshi niyatning o’zi ham ezgulikka olib borar ekan. Siz niyat qilavering. Unga erisha olaman-mi? yo’qmi degan savol sizni qiynamasin. Duo qiling, Allohdan Давоми …

Mehrobdan chayon

“Mehrobdan chayon” romani yozuvchi izohi bilan Xudoyorxon va munshiylari hayotidan tarixiy ro’mon bo’lib, unda Qo’qon xoni Xudoyorxonning noodil siyosati, insofsiz ulamolar, o’sha davrning og’ir hayot tarzi, oddiy xalqning ahvoloti haqida so’z boradi. “Shu ikki sinf kurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy va etnog’rafik lavhalar, o’zbek hayoti, qiziqchilig’i, tanqidchiligi, o’zbek xotin-qizlari orasidag’i iste’dod, shoiralar, azkiyachilik va boshqa Давоми …

ISLAM: Empire of Faith

Kecha ISLAM: Empire of Faith degan documental filmni ko’rdim. G’arbliklar tomonidan ishlangan bu filmda Islomning qonuniyatlari, tarixi haqiqiy ochib berilgan ekan. G’arbliklarning o’zlari Buyuk Iymon saltanatining qudratiga tan bermoqdalar. Ilmni Yevropa qayerdan o’rgandi? Islomdan? Madaniyatni qayerdan o’rgandi? Islomdan? Davlatchilikni qayerdan o’rgandi? Islomdan? Bag’rikenglik, demokratiyani qayerdan oldi? Islomdan! Ushbu filmni sizlarga ham tavsiya etaman. Islom tarixi haqida juda haqqoniy ishlangan g’arb Давоми …

Men bahorni yaxshi ko’raman…

Kechagi yoqqan yomg’ir tufayli bugun ertalabdan havo haqiqiy bahorni eslatdi. Ochiq havoda yurish jonu dilim. Darxondan Navoiy kutubxonasigacha piyoda bordim. Atrofdan bahor nafasi sezilib turardi. Charaqlab nur sochayotgan bahor oftobi ham ko’ngilga hush yoqadi… Kutubxonada Oybek ijodiga oid kitoblarni varaqlab chiqdim. Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo’shjonovning Oybek domla haqidagi asarini mutolaa qildim. “O’zbek ismlari” kitobini ham bir ko’rib chiqishga ulgidim. Tushlikka Давоми …

Toshkent shahrida 8 ballik zilzila bo’larmish!

Bugun Toshkent shahrida ajoyib bir mish-mish tarqadi: Nimeymish, bugun kechki soat 18.00 da Toshkent shahrida 8 ballik zilzila bo’larmish!. Hamma binolarni tark etsin! Avvaliga umuman ishonmadim. Keyin bir o’rtog’im telefon qilib shunday dedi. Man esa unga hazillashib, mayli, san ketaver, man ko’rmoqchima, dedim. Keyin ishxonadegilar g’uvillab qolishdi. Bir-ikitalari uyga qochib ham qolishdi. Ularga ham shunday xabar kelgan ekan. Ba’zilari hansiragancha Давоми …