“Zulmat” – Qorong’ulik ichra nur

Bu men Mishel Maknelli. Shimali hind-ingliz oilasining to’ng’ich qiziman. Bu hikoya men va mening ustozim haqida. Bu hikoya nogiron tug’ilgan, ammo baxti uchun kurashgan, iloji yo’qdek ko’ringan ishni uddalay olgan ikki inson qismati haqida. Bu hikoya butunlay o’zga bir dunyo haqida. Bu dunyoda tovushlar sukunatga aylanadi. Nur esa zulmat qa’riga g’arq bo’ladi. Mening olamim ana shu. Mening olamim abadiy zulmat Давоми …

Mening baxtim…

Biz albatta baxtli bo’lamiz, xudo xohlasa. Sen dunyodagi eng baxtli ayol bo’lasan. Bu qiynoqlaring, dardlaring hali barchasi unut bo’ladi… Hali to’yimizni ham ko’rasan. Dabdabani yoqtirmayman. Oddiy o’tadi to’yimiz. Do’st-yoronlarni chaqiramiz. To’kin dasturxon; mazmunli suhbatlar bo’ladi. Hamma bizga xavas qiladi. Duo qiladi, saodatimizni tilaydi. Yor-yorlar aytiladi… Keyin olib ketaman seni, o’z diyorimga. Onamning qanchalik sevinishini bilsang edi. Seni qanchalik yaxshi ko’rishini Давоми …

Hayot va mamot qonuni (“Taegukgi”)

“Urush! Noming o’chsin jahonda” deganlari bekorga emas ekan. Hamma yoqni vayron qilar ekan Urush! Hamma dillarni parcha-parcha qilib tashlarkan la’nati urush! Insonni hayvondan battar holga tushirarkan urush! Yo hayot, yo mamot! O’ldir! O’ldirmasang seni o’dirishadi. Hech kimni omon qoldirma! Dushmanni yer bilan yakson qil! Aslo ayab o’tirma! Chunki u – sening dushmaning! Qiyna uni, o’ldir uni, vayron qil! Bu urush Давоми …

«O’tkan kunlar» haqida ba’zi haqiqatlar

O’tkan kunlar… Xalqimizning o’tkan kunlari… Bu asarni sevib o’qimagan, asar asosida suratga olingan filmi ko’rib zavqlanmagan adabiyot shaydosi bo’lmasa kerak… “O’tkan kunlar” garchi muallif yozganidek, yangi zamon ro’monchilig’i bilan tanishish yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’risi bir xavas bo’lsa-da, hali shu kunga qadar o’zbek adabiyotida unga yetadigan asar yaratilmadi… · «O’tkan kunlar» voqealari haqiqatda bo’lganmi? Qahramonlarning prototipi bormi? ·    «O’tkan Давоми …

O’ldir-o’ldirma, o’ldir-o’ldirma…

“Hayot-mamot”, Chingiz Aytmatov hikoyasi. Chingiz Aytmatovning so’nngi ijod namunalaridan biri bo’lgan bu hikoya ikkinchi jahon urushiga shaylanayotgan yosh yigitning xotiralari asosiga qurilgan. Hikoya 19 yoslik Sergiyning poyezd stansiyadan yo’lga chiqishi bilan boshlanib, manzil oxirida hikoya ham tugaydi. Chingiz Aytmatov o’ziga xos hikoya ichiga hikoya kiritish usulidan bu asarda ham foydalangan. Bosh qahramon Sergiy yo’lda ketarkan oynadan tashqariga qaragancha, o’tgan voqealarni Давоми …

Mening muhabbatim…

Dunyodagi eng yaxshi ko`rgan insonim bilan rosa yig`lashdik (hayron bo`layotgandirsiz-a?). Ha, men jonimdan ortiq sevgan insonim meni mendan-da kuchliroq sevadi, buni uning har nafasidan sezib turaman. Uning so`zlari meni yangidan hayotga keltiradi. Bitta telefondagi qo`ng`irog`imni qanchalik intiqlik ila kutishini, meni o`ylab yig`lashini, meni deb hatto tunlaridan bedor qolishini tasavvur ham qila olmaysiz. Men unga sovg`a qilgan arzimas narsani ham hammaga Давоми …

Armon

Yoshligimda bir o`rtog`im bor edi: Alisher, familiyasi Mirzayev edi. Ey voh, hech qaysi kundaligimda uning nomi qayd etilmagan ekan. Bitta maktabda, birga o`qirdik, bitta partada o`tirardik. Bir-birimizdan ko`chirib, ishqilib yaxshi o`qirdik. Matematikada man undan, ona tilida u mandan ko`chirardi. Lekin u zo`r o`qib qo`yardi. Xavas qilardim unga. Bo`yi eng uzun bo`lgan bu bolani sibfdoshlar “naynov” deyishardi, yaxshi ma’noda. O`zi odobli, Давоми …

Kel, ko‘r, meni ishq nayladi…

Tushimda ko‘rganda shunchalik go‘zal, Oydan-da go‘zaldir kundan-da go‘zal… Cho‘lpon Erta saxar. G‘ira-shira. Bo‘ston. Jilg‘a… Men sizni “Qani u”,- deya Guldan so‘radim. “Men Uni saxarlab bo‘stonda ko‘raman”,- dedi Gul, – Bir kiradi-da, mendan bir hidlaganini bilaman, keyin nima bo‘lishini eslolmayman. Bu mening bo‘yim emas, Uning bo‘yidan bir asorat xolos, – kuyindi Gul. Gulni ko‘rdim. Undan bo‘y oldim. Keyin Saboga yuzlandim. “Ey Давоми …