Osetin xalq maqollari

• O’lim eshiklari hamma uchun ochiq. • To‘qning ko‘ngli qo‘shiq istaydi. • Katta qalbning og‘rig‘i ham katta bo‘ladi. • Boshsizning o‘rmonida tulki xo‘jayin. • Odamga doim nimadir yetishmaydi. • Dard dardni dumida tashiydi. • Cho‘ntak nochor bo‘lsa ham qalb boy bo‘lsin. • Ayiqdan qochib bo‘riga tutildim. • Oldinga qochsang, orqaga ham qarab qo‘y. • Suvsiz charxpalak aylanmaydi. • Suvsiz yer Давоми …

Lazgin xalq maqollari

• Boshingga dard tushsa, cho‘chqani ham “otam” deb yuborasan. • Zo‘rlik bilan tiklangan uy la’nat bilan buziladi. • Oxirgi burda noningni qanday bo‘lib berganingni unutgan do‘sting o‘lib ketsa ham achinma. • Atlas va bo‘z bir narhda bo‘lmaydi. • Kambag‘allik qismati uyat emas. • Ishtonsizning tushiga ikki gaz bo‘z kirarkan. • Davomiy yomg‘irning buluti ham bo‘lmaydi. • Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shni Давоми …

Suiqasd

Hozirgina “Yoshlar” telekanalidan “Suiqasd” degan hujjatli filmni tomosha qildim. Undan yozib olishga uringanlarim: Sigaret tarkibida 196 xil zaharli moddalar mavjud bo’lib, undan 14 tasi narkotik modda hisoblanadi. Xalqaro sog’likni saqlash tashkiloti tamakini passiv narkotik deb e’lon qilgan. Undagi eng zararli moddalar: Nikotin – nikotin iste’mol qilganlarning miyasi boshqalarnikidan 5 % zaif bo’larkan, nikotinning ko’p iste’moli shezofreniyaga olib keladi. Serovodorod – Давоми …

Lak xalq maqollari

• Har kuni bitta bo‘lsa-da yaxshi so‘z eshitish lozim. Aks holda quloq eshakniki kabi o‘sib qoladi. • Sher birovdan qolganini yemaydi. • Dunyoning to‘rt tarafi bor. Uchtasi yopiq bo‘lsa, bittasi doim ochiq turadi. • Dushmanning boshog‘i ham nayzadek sanchiladi. • Agar ikki kishi birlashsa qoyani ham ag‘daradi. • Agar uch marta maqtasang, eshakning axlati ham sakrab yuboradi. • Ona ― Давоми …

Qalmiq xalq maqollari

• Uzoq bo‘lsa-da qimmatini borib ol, qari bo‘lsa-da qizni ol. • Ertak o‘qib olim bo‘lolmaysan. • Aroq qadahdan boshqa hamma narsani yemiradi. • Odamning tilidan hatto chaqirtosh titraydi. • O’limga mahkum sichqon mushukning dumi bilan o‘ynashadi. • Bir asr joyida yonboshlab yotgan qariyadan emas, dunyo kezgan yoshdan so‘ra. • Do‘stidan ayrilgan oh chekadi, o‘tlog‘idan ayrilgan ot ishnaydi. • Daryo qancha Давоми …

Qrim-tatar maqollari

• Quyosh botish uchun chiqadi, inson o‘lish uchun tug‘iladi. • Quloq ― ikkita, og‘iz ― bitta. Bas, ikki marta eshitib, bir marta so‘zla. • Yomon xabarning qanoti bor, xushxabarning ― oyog‘i oqsoq. • Quyon toqqa achchiq qilibdi, tog‘ sezmabdi ham. • Ilon po‘stini tashlaydi, fe’lini tashlamaydi. • Kalning oldida oshqovoq haqida gapirma. • Bilganga chivin ham dutor, bilmaganga doim nimadir Давоми …