Qalbim yig’lar, chekar afg’on,
Ohlarimdan olam hayron,
Ko’ngil uyi bo’lib vayron,
Kel, ko’r, mani ishq nayladi…
Nahot shuncha dardu alam,
Yozay desam yurmas qalam,
Bitmay desam qilar alam,
Kel, ko’r, mani ishq nayladi…
Tinglab turib, ohu nolam,
Onam aytar, jonim bolam,
Artib ko’zdan oqqan jolam,
Kel, ko’r, mani ishq nayladi…
Sen tutqazgan yurak qani?
Meni suygan malak qani?
Visolingdan darak qani?
Kel, ko’r, mani ishq nayladi…
Orzularim o’ldirmagin,
Bag’rim g’amga to’ldirmagin,
Ishqim o’tin so’ldirmagin,
Kel, ko’r, mani ishq nayladi…
Muhabbatim emas armon,
Kutayapman, vasling hamon,
Kelarmu deb o’shal zamon
Kel, ko’r, mani ishq nayladi…
AbdulAziz, bir kun kelib,
Bu dunyodan ma’yus bo’lib,
O’tar bo’lsam, sensiz so’lib,
Kel, ko’r, mani ishq nayladi…