visol

Yunus Emroga tatabbu’ – 6-she’r

Qalbim yig’lar, chekar afg’on, Ohlarimdan olam hayron, Ko’ngil uyi bo’lib vayron, Kel, ko’r, mani ishq nayladi… Nahot shuncha dardu alam, Yozay desam yurmas qalam, Bitmay desam qilar alam, Kel, ko’r, mani ishq nayladi… Tinglab turib, ohu nolam, Onam aytar, jonim bolam, Artib ko’zdan oqqan jolam, Kel, ko’r, mani ishq nayladi… Sen tutqazgan yurak qani? Meni suygan malak qani? Visolingdan darak Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 3-she’r

Noming sani jonimda ham, Qaynab oqar qonimda ham, Bo’lmasang-da, yonimda ham Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ko’nglim siniq, qomatim dol, Karashmangdan bu aqlim lol, Majnuningman, anglamam hol, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ohlarimdan titraydi Oy, Hatto Quyosh qilar dod-voy, Yerda menga qolmadi joy, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ishqingda mast, xoring manam, Ko’yingda bir zoring manam, Dard-la kuylar toring manam, Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 2-she’r

Ishq iplari – ko’k toladir, Kuylarim dardli noladir, Ko’zda yoshlarim joladir, Bag’rim misoli loladir, Ne qilayin bag’ritoshim Ko’nglimga otash soladir, Qachon bu azob qoladir? Kel, ko’r, mani ishq nayladi. Tugab borar sabr-bardosh, Visolning qo’llarida tosh. Otashingga berolmay dosh, G’amdan egik bu faqir bosh, Hech tiyilmas ko’zlarda yosh, Sevib-kuyiib, bo`lib bebosh, Ko’zing ohu, qayrilmaqosh, Kel, ko’r, mani ishq nayladi. Kulsam yig’lar Давоми …