hikoya

Қочоқнинг ўлими (ҳикоя). Ярослав Гашек. «Yoshlik». 07.09.2010

– ЖАҲОН ҲИКОЯЧИЛИГИ – Ярослав Гашек ҚОЧОҚНИНГ ЎЛИМИ Ҳикоя Михаэл Питала қамоқхонадан қочди. Қуюқ ўрмонлар ва буғдойзорларда яшириниб у жануб томон юрди, тоққа яқинлашди. Деҳқонлар унинг қорнини тўйғизишди, йўл учун озиқ-овқат ва кийим-бош беришди. Кеч тушди. Оппоқ илонизи йўл тоғ ёнбағирлаб буралиб кетган эди. Довонда хоч турарди. Қочоқ чанг йўлдан аста кўтарила бошлади. У Галициянинг Тарновск ўлкасилик деҳқонлар киядиган узун, Давоми …

Tog’likning o’limi (hikoya). Yaroslav Gashek

Yaroslav Gashek TOG’LIKNING O’LIMI (hikoya) Mixael Pitala qamoqxonadan qochdi. Quyuq o‘rmonlar va bug‘doyzorlarda yashirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlashdi. Dehqonlar uning qornini to‘yg‘izishdi, yo‘l uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh berishdi. Kech tushdi. Oppoq ilonizi yo‘l tog‘ yonbag‘irlab buralib ketgan edi. Dovonda xoch turardi. Qochoq chang yo‘ldan asta ko‘tarila boshladi. U Galitsiyaning Tarnovsk o‘lkasilik dehqonlar kiyadigan uzun, chang bosgan ko‘ylagiga tirishgan Давоми …

Бадал (ҳикоя). Умар Сайфиддин. «Yoshlik». 21.08.2009

– АСЛИЯТДАН ТАРЖИМА – Умар САЙФИДДИН БАДАЛ (Ҳикоя) Фақатгина тор эшигидан зўр-базўр ёруғлик кирадиган устахонада кечаю кундуз учқунлар сачратиб ишлайдиган Хўжа Али инидан чиқмайдиган хонанишин арслонни эслатади. У узун бўйли, кенг елкали, паҳлавон келбатли одам. Ўн йилларки, устанинг мана шу нимқоронғи дўконида ясалган қиличу тиғлар Онадўли ва Румели оша қўшни юртларда ҳам машҳур бўлган. Ҳатто Истамбулда яничарлар* ҳам ўзлари сотиб Давоми …

Qizil durli ko’ylak (hikoya). Omer Seyfettin

Omer Seyfettin QIZIL DURLI KO’YLAK Katta gumbazli devonxona binosi har kungidan sokin, har kungidan salqin edi. Derazalardan kirgan bahorning moviy nurlari koshinlarning yashillikka burkangan teranligida singib, ko’zni olardi. Charchoqdan holsizlanib, ipak to’shaklarga tiz cho’kkan vazirlar ostlariga solingan gilamning rangin naqshu nigorlariga qarashar, uzun oppoq soqolini zaif qo’li bilan tutgan qari vaziri a’zamning nursiz ko‘zlari esa uzoq va qorong’u o’tmish qatiga Давоми …

Ilk jinoyat (hikoya). Omer Seyfittin

Omer Seyfittin ILK JINOYAT Men g’urbat, alam ichida yashagan odamman. Bu qiyinchiliklar o’zimni tanigan paytimdayoq boshlangan. O’shanda to’rt yoshga ham to’lmagandim. Qilgan yomonligim tufayli vijdonim azobida – yona boshlagan so’ngsiz jahannam otashi ichida hamon qovurilaman. Meni tashvishga solgan bu hodisani hamon unutmadim. U xotiramda abadiy qayg’u-alam bo’lib muhrlanib qolgan. * * * Ha, o’shanda to’rt yoshga ham yetmagandim. Undan avvalgi Давоми …

Badal (hikoya). Omer Seyfettin

Omer Seyfettin BADAL Tor eshigidan boshqa oydinlik kiradigan hech bir yeri bo’lmagan do’konida mustaqil ravishda kecha-kunduz uchqunlar sachratib ishlaydigan Xo’ja Ali uyasida o’tirgan tarbiyali arslonni eslatardi. U uzun bo’yli, katta panjali, qalin mushakli, keng yelkali pahlavon edi. O’n yildirki bu qorong’i uy ichida temirdan yasagan qilich va tig’lari butun Onado’lida, butun Rumelida, chegara joylarida juda mashhur bo’lgan edi. Hatto Istambulda Давоми …

Forsa (hikoya). Omer Seyfettin

Omer Seyfettin FORSA* O’rta yer dengizining qahramonlarga makon bo’lgan so’ngsiz ufqlariga qaragan kichik bir tepa mittigina gul bog’chasi kabi edi. Nozik, uzun shoxli bodom daraxtlarining turfa soyalari sohil tomon tushar, erta bahorning mayin shamollariga sarxush bo’lgan baliqchi qushlarning savdoyi shovqin-suroni havoda jarang sochardi. Bodomzorning yoni keng bir bog’ edi. Oq toshlardan tiklangan qisqa devorning o’rtasidagi xaroba vodiyga qadar tushardi. Bog’ning Давоми …