Mening kitob javonim

Ayni paytda mening kitob javonimda qayd etilgan quyidagi manbalar mavjud: Kitoblar – 415 ta; Jurnallar – 14 ta; Bukletlar – 15 ta. Kutubxonamdagi kitoblarning eng qadimiysi – xattot sayyid Muhammad Ali tomonidan 1892 yili ko’chirilgan Qur’oni karim qo’lyozmasidir. Eng yangi kitob esa “Sharq” nashriyoti tomonidan 2010 yilda chop etilgan, Gabriel Garsia Markesning “Yolg’izlikning 100 yili” kitobidir. 2008 yilda chop etilgan Давоми …

Madaniy

Toshkentga 1 marta borib kelsang ham, yaqin o’rtoqlaring: “Toshkentlik yigit” deyishadi. Rossiyaga borib ishlab kelsang “Rossiyalik”ka aylanasan. Qaniydi, Rasululloh s.a.v. va buyuk sahobiylarni o’z bag’riga olgan Madinai muazzamani bir marta ziyorat qilsam-u, Madaniy bo’lib qolsam…

O’g’rining himmati

Amakimning o’rtog’i hikoya qiladi: “Bir yil avval “Damas”da Nokia 6300 rusumli uyali telefonimni tushirib, yo’qotib qo’ydim. Darrov qo’ng’iroq qildim. Bir yoshroq bola oldi. – Bolam, shu telefon meniki edi, qaytargin. – Yo’q, qaytarmayman, men uni topib oldim. Bola telefonni qo’ydi. So’ng yana qo’ng’iroq qildim. Oldi. – Bolam, mayli telefon senga qolsin-u, lekin sim kartamni qaytargin. – Mayli. Unda siz markazdagi Давоми …

Telefoningiz yo’qoldimi?

Telefoningizni yo’qotib qo’ydingizmi? Endi umidni uzsangiz ham bo’ladi. Birinchi kelgan xayol o’z raqamingizga qo’ng’iroq qilish bo’ladi. Zudlik bilan raqamingizni terasiz. Uyoqdan javob keladi: “Abonent apparati o’chirilgan”. Shu onda bechora sim-kartangiz qaysidir ovloq joyda changga belanib yotgan bo’ladi. Telefon apparatingiz… u avvaliga yashiriladi, so’ng ovloqroq joyda kavlanadi. Unda nimalar borligiga qiziqiladi. So’ng bho beriladi, narxi chiqariladi. To’g’ri, bozornikidan arzonroq. Bir-ikki kundan Давоми …

Mening molim yonmaydi

Yoshlari 80 dan oshib qolgan Sobir hoji ota hikoya qiladilar: “Xalqimizning diniy ma’rifati toptalgan sovet yillarida Marg’ilondagi eng katta savdo timida katta yong’in bo’lib, hammaning ko’ngliga g’ulg’ula tushibdi. Yong’indan xabar topgan Mirhojiboyning og’illari otalari oldiga yugurib kelib, mollarini qutqarish chorasini ko’rishlikni aytishibdi. Shunda Mirhojiboy: “Parvo qilmanglar, men molimning zakotini berganman, zakoti berilgan mol yonmaydi, uni O’zi asraydi” deb hotirjam o’tiravergan Давоми …

Saviya

Mashinada ketayotib, radio tinglab ketishga to’g’ri keldi. Qaysidir kanaldan “intellektual o’yin” bo’layotgan ekan. Boshlovchi: – Hurmatli tinglovchilar, intellektual o’yinimizda berilgan savollarga javob bergan tinglovchi yaqinlariga salom va tabriklarini yo’llash imkoniga ega bo’ladi. Shoshiling. Telefon raqamlarimiz 8181. Tezda qo’ng’iroq bo’ldi. Tanishuvdan so’ng boshlovchi savolini berdi: – Norvegiyaning poytaxti qayer? – Variantlar bormi? – Variantlar yo’q. Yordam: 4 harfdan iborat. – Eron. Давоми …

Qonunlar buzilgan yurt ko’karmaydi…

Yevropada insonlar qonunni, kundalik axloq qoidalarini hurmat qiladilar. Omer Seyfittin degan turk yozuvchisi o’z hikoyalaridan birida shunday degan edi: “Qonunlar buzilgan yurt ko’karmaydi…”. Bizda esa qonunlar, oddiy axloq qoidalari odatda, uning tuzuvchilari tomonidan buziladi-da, buni ko’rgan avlodning ongida o’sha qonunga nisbatan hurmat ko’tariladi. Oddiy misol, otasi bolasiga: “Bola, sigaret chekma”, – deydi, vaholanki, uning o’zi shu o’g’lini sigaret olib kelish Давоми …

Osh – ko’tarma bosh!

Endi bu safar onajonim bilan tayyorlagan oshimizni namoyish etaman. Masalliqlar (hammasi olinmabdi): Ming gaz yoki duxovka, pechda pishirilgan taom, o’choqda qilingan ovqatning ta’mini berolmaydi. O’choq uchun o’tin yorish menga topshirildi. Qoyilmaqom qilib uddaladim: Asta sekin oshni boshladik: Men biroz sovuqotib ichkariga kirgunimcha ayajon oshni suzib bo’lgan ekanlar. Qozonda qolgan oxirgisiga ulgurib qoldim: Mana oshimiz ham tayyor (uzr, bezatishga sabr yetmadi Давоми …

Suffa ahli ko’z yoshlari…

Ikki kundan beri Shayx al-Afasiyning Moskvada qilgan qiroatlaridan parchani eshitaman. 10 minutdan iborat qiroatni eshitayapman-u, tafakkur qila boshlayman… Rasululloh SAV va sahobalarini sog’inaman… Ularni eslayman. Rasululloh (SAV)dan ilm olgan suffa ahli, kechalari bilan davom etadigan ilm majlislari… Rasulullohning namozda qiroat qilishlari… Orqada ularga some’ bo’lib, yig’idan ko’z yoshlarini to’xtatolmagan saodatli sahobalar… Qaniydi, men ham o’sha namozda ular bilan ishtirok etsam… Давоми …

Ko’rmaganning ko’rgani qursin…

“XIX asrdagi xalqimizning buyuk mag’lubiyatiga rus ayollari sabab bo’lgan”…mi? Bu narsa avvaldan ishlab chiqilgan taktika edi. Bosib olishning eng yaxshi yo’li, avvalo xalq og’alarini, kattalarini yo’q qilish (ularni maishatga mubtalo qilib, raiyat bilan qiziqishini so’ndirish), boshsiz qolgan avomni zudlik bilan bo’ysundirish edi. O’rta Osiyoga (xususan Xiva xonligiga) dastlabki hujumlari qaqshatqich qashilikka uchrab, xafsalalari pir bo’lgan “og’a”lar, yurtimizga o’z missionerlarini yuborar Давоми …