Yunus Emroga tatabbu’ – 3-she’r
Noming sani jonimda ham, Qaynab oqar qonimda ham, Bo’lmasang-da, yonimda ham Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ko’nglim siniq, qomatim dol, Karashmangdan bu aqlim lol, Majnuningman, anglamam hol, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ohlarimdan titraydi Oy, Hatto Quyosh qilar dod-voy, Yerda menga qolmadi joy, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ishqingda mast, xoring manam, Ko’yingda bir zoring manam, Dard-la kuylar toring manam, Давоми …