Bolajonlar nutqi. 5-qism
Orifjon degan jiyanim ajoyib chiqdi. Kuni kecha uyimizga kelganida qilgan to’polonlari uchun endi dakki bermoqchi bo’lib tursam, menga qarab, ko’rsatgich barmog’ini yuqori qilib, “Olloh bitta!” desa bo’ladimi!? Dakki o’rniga peshonasini silab qo’ydim * * * Yana o’sha jiyanim, men tushirgan bolalar do’koni rasmlarini ko’rayotib, maniken bolakayga ko’zi tushib qolib, Uyat, uyat! deyapti.