Qonunlar buzilgan yurt ko’karmaydi…

Yevropada insonlar qonunni, kundalik axloq qoidalarini hurmat qiladilar. Omer Seyfittin degan turk yozuvchisi o’z hikoyalaridan birida shunday degan edi: “Qonunlar buzilgan yurt ko’karmaydi…”. Bizda esa qonunlar, oddiy axloq qoidalari odatda, uning tuzuvchilari tomonidan buziladi-da, buni ko’rgan avlodning ongida o’sha qonunga nisbatan hurmat ko’tariladi. Oddiy misol, otasi bolasiga: “Bola, sigaret chekma”, – deydi, vaholanki, uning o’zi shu o’g’lini sigaret olib kelish Давоми …

Бадал (ҳикоя). Умар Сайфиддин. «Yoshlik». 21.08.2009

– АСЛИЯТДАН ТАРЖИМА – Умар САЙФИДДИН БАДАЛ (Ҳикоя) Фақатгина тор эшигидан зўр-базўр ёруғлик кирадиган устахонада кечаю кундуз учқунлар сачратиб ишлайдиган Хўжа Али инидан чиқмайдиган хонанишин арслонни эслатади. У узун бўйли, кенг елкали, паҳлавон келбатли одам. Ўн йилларки, устанинг мана шу нимқоронғи дўконида ясалган қиличу тиғлар Онадўли ва Румели оша қўшни юртларда ҳам машҳур бўлган. Ҳатто Истамбулда яничарлар* ҳам ўзлари сотиб Давоми …

ТАРАЛАЁТГАН ЗИЁ. «Ishonch». 14.07.2009

ТАРАЛАЁТГАН ЗИЁ www.ziyouz.com портали асосчиси ва бош муҳаррири Давронбек Тожиалиев 1984 йил Марғилон шаҳрида туғилган. Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети ва Ўзбекистон Миллий университетини тамомлаган. Айни пайтда «Тафаккур» нашриётининг информацион технологиялар бўлими бошлиғи бўлиб ишлайди. Польша, Қозоғистон давлатларида малака оширган. Мақола ва таржималари Ўзбекистон ҳамда чет эл оммавий ахборот воситаларида чоп этилган. – Бугунги кунда www.ziyouz.com портали ёшлар орасида оммабоп Давоми …

Bolajonlar nutqi. 2-qism

Hammani sansiraydigan o’sha jiyanim yana bir so’zni o’rganib olibdi. Ko’ngliga nima yoqmasa, shuni gapiradigan bo’libdi. Bir kuni unga muzqaymoq olib berdim. Uni yeb bo’lganidan so’ng, yana olib ber, deya harhasha qildi. Havo biroz sovuq bo’lgani uchun, shamollab qolmasin deb, haliroq olib berishni aytsam, u asta men tomon burildi-da: – Man sandan hapaman, – dedi. * * * Kecha avtobusda 4 Давоми …

Bolajonlar nutqi. 1-qism

Bir jiyanim televizordanmi yoki ayollar suhbatidanmi “balo” degan so’zni o’rganib olibdi-da, keyin bir kuni kelinoyimga (amakimning xotiniga) murojaat qilayotganmish: – Hey, Balo, manga qara… (negadir, bu jiyanim hammani sansiraydi.) * * * Bir tanishimning qizchasini oyisi ertalab bog’chaga uyg’otsa turmasmish. Keyin borib do’stim – dadasining yoniga borib yotib olibdi. Bog’chaga kech qolmasin deya oyisi yana uyg’otib turg’izayotsa, 3 yoshli qizcha Давоми …

Osh – ko’tarma bosh!

Endi bu safar onajonim bilan tayyorlagan oshimizni namoyish etaman. Masalliqlar (hammasi olinmabdi): Ming gaz yoki duxovka, pechda pishirilgan taom, o’choqda qilingan ovqatning ta’mini berolmaydi. O’choq uchun o’tin yorish menga topshirildi. Qoyilmaqom qilib uddaladim: Asta sekin oshni boshladik: Men biroz sovuqotib ichkariga kirgunimcha ayajon oshni suzib bo’lgan ekanlar. Qozonda qolgan oxirgisiga ulgurib qoldim: Mana oshimiz ham tayyor (uzr, bezatishga sabr yetmadi Давоми …

Qizil durli ko’ylak (hikoya). Omer Seyfettin

Omer Seyfettin QIZIL DURLI KO’YLAK Katta gumbazli devonxona binosi har kungidan sokin, har kungidan salqin edi. Derazalardan kirgan bahorning moviy nurlari koshinlarning yashillikka burkangan teranligida singib, ko’zni olardi. Charchoqdan holsizlanib, ipak to’shaklarga tiz cho’kkan vazirlar ostlariga solingan gilamning rangin naqshu nigorlariga qarashar, uzun oppoq soqolini zaif qo’li bilan tutgan qari vaziri a’zamning nursiz ko‘zlari esa uzoq va qorong’u o’tmish qatiga Давоми …

Ilk jinoyat (hikoya). Omer Seyfittin

Omer Seyfittin ILK JINOYAT Men g’urbat, alam ichida yashagan odamman. Bu qiyinchiliklar o’zimni tanigan paytimdayoq boshlangan. O’shanda to’rt yoshga ham to’lmagandim. Qilgan yomonligim tufayli vijdonim azobida – yona boshlagan so’ngsiz jahannam otashi ichida hamon qovurilaman. Meni tashvishga solgan bu hodisani hamon unutmadim. U xotiramda abadiy qayg’u-alam bo’lib muhrlanib qolgan. * * * Ha, o’shanda to’rt yoshga ham yetmagandim. Undan avvalgi Давоми …

Badal (hikoya). Omer Seyfettin

Omer Seyfettin BADAL Tor eshigidan boshqa oydinlik kiradigan hech bir yeri bo’lmagan do’konida mustaqil ravishda kecha-kunduz uchqunlar sachratib ishlaydigan Xo’ja Ali uyasida o’tirgan tarbiyali arslonni eslatardi. U uzun bo’yli, katta panjali, qalin mushakli, keng yelkali pahlavon edi. O’n yildirki bu qorong’i uy ichida temirdan yasagan qilich va tig’lari butun Onado’lida, butun Rumelida, chegara joylarida juda mashhur bo’lgan edi. Hatto Istambulda Давоми …