Author: Davronbek

Iftorlik uchun 40 kishilik marg’iloncha osh

Marg’ilonda Ramazonlar juda fayzli o’tadi. Ayniqsa iftor paytiga yaqin hammaning yugur-yugurga tushib qolganini ko’rasiz. Kimdir uyiga, yana kimdir boshqa birodari taklif etgan iftorlik dasturxoniga shoshiladi. Ikki do’st ko’rishishi bilanoq, bir-birini iftorlikka taklif etadi. Bugun esa bizning xonadonimizga iftorga kelaverasizlar. Bugungi oshxonamizda marg’iloncha palovxonto’ra. Bosh oshpaz – mening dadam. Men esa ularga yordam berib turdim. Ko’pchilikka osh qilinganidan keyin albatta katta Давоми …

Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati

Kecha Erkin A’zamning kommunizmdan bir lavha o’laroq yozgan “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati” qissasini o’qib chiqdim. Asar buyuk kommunistlar yurti Buriyo va uning rahbari tovarish Xon Man Men va “buyuk o’zgarishlar” shahri – Xoniya haqidadir. “…Sotsializm sharoitida o‘tayotgan oltinchi kunimiz edi. …Sizu biz bu tuzumning nimaligini bilamiz, albatta — non-namagini yeb katta bo‘lganmiz. Ammo hozir ko‘z o‘ngimizdagisi butkul bo‘lakcha edi. O’ziga Давоми …

Европага илк сафар: Польша билан танишамиз

Ҳаётимда илк бора узоқ хорижга саёҳат қиляпман. Тошкент – Москва, Москва – Варшава йўналишида йўлга чиқдим. Тошкентдан учган ТУ-154 самолётидаги ўринлар бироз тор бўлса-да, ердан 10000 метр баландликдаги учоқ яхши ҳаракатланяпти. Самолётнинг ойна тарафида ўтиришнинг гашти бор. Коинотдан ер гўзалликларини томоша қилиб кетасиз. Қозоғистон даштларидан ўтиб, яшил ўрмонлар ва дарёю кўлларни завқ-ла кузатдим. Москвага яқинлашишимиз билан булутлар орасига кириб кетдик. Давоми …

So’lim Baxmal ziyorati

yaqinda onam va singlim bilan Toshkent, Jizzax va Samarqand shaharlariga sayohat qilgan edik. Toshkent sayohatidan so’ng Jizzaxga otlandik. Baxmal tumanidagi so’lim Novqa qishlog’iga borganimizda bizni 100 yillik qadrdonlardek kutib olishdi. Novqalik Azizbek do’stimizning uyiga avval ham borgan edim. Tog’ havosi judayam yoqqan edi. O’tgan yilgi tog’ sayohatida lola terishga ulgurib qolgan edik. Lola deganlari ham naq tog’ning cho’qqisida o’sar ekan. Давоми …

Diniy kitoblar nega qimmat?

Deyarli bir oydan beri kitob bozorlarini kezaman. Shasiy kutubxonam uchun ancha-muncha kitob ham yig’ib qo’ydim. Kuzatishlarimga ko’ra yurtimizda kitobga e’tibor ancha kuchaygan. Buni kitob rastalaridagi xaridorlarni ko’rib ham bilib olishingiz mumkin. O’zbekistonda kitob biznesi shakllanib ulguribdi. Ayniqsa diniy kitoblar “biznes”i. O’zim poligrafiya sohasida ishlaganim uchun kitoblarni qanday bosish, uning narhlari haqida ma’lumotga egaman. Lekin kitoblarning, ayniqsa diniy mavzudagi adabiyotlarning narhini Давоми …

Andishasiz “hijobli”lar

Bu postlarni qilishdan avval muslima opa va singillarimizdan uzr so’rab qolaman. Biz sizlarni yaxshi ko’ramiz. Alloh buyurgan tarzda hijoblanganingizga umuman shubhamiz yo’q. Bu mulohazalar ko’chalarda o’zlarini namoyish etayotgan beandisha “muslima”larga qaratilgan. Bugungi kunning yana bir katta muammolaridan biri, ko’plab muslim va ayniqsa muslimalarni havotirga tushirayotgan holatlardan biri “andishasiz “hijobli”lar”ning paydo bo’layotganidir. Ko’pchilik qizlarimiz hijobni faqatgina moda yoxud boshqa maqsadlarda (uzr, Давоми …

Звонок/Call

Звонок Мать, странно одетая появилась на моей маленькой библиотеке который я сижу в одиночестве. У неё в голове маленькая тюбетейка. О, я вспомнил. Откуда нашла она мою тюбетейку, который я любил в детстве. У неё руки были посуды, накрывавшим белом платком. Чувствую запаха и вкуса жареной курицы, который она готовила для меня каждый вечер. Она смотрела грустном взглядом. Долго не Давоми …

Мои мечты/My dreams

Мои мечты Небо. Синее небо. Вечная как мои мечты. Я не вижу конца неба, Всегда хочу добраться туда. Но появится облака, Я оправил мечту в облака. Они стали чёрными. Шёл грустный дождь. Плакали мои мечты. Шли слезы из глаз мечты. Я похоронил их в землю Но небо чистое и синее Улыбнулся и сказал: Дружище, вот ты смотри – Цветочки земли Давоми …

Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros

Ko’pchilikda lotin va kirill yozuvi bilan bog’liq muammo ko’pchilikni qiynashi mumkin. Word dasturiga o’rnatiladigan ushbu macros orqali bu muammoni yetishga imkon topilsa ajab emas. Bu macros orqali kirill yozuvidagi matnlarni lotinga va aksincha lotin yozuvidagi matnlarni kirill yozuviga o’tkazish mumkin. Makrosni o’rnatish uchun avvalo quyidagi .bas fayllarni ko’chirib oling: Cyr3Lat.bas – Kirillni lotinga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial Давоми …

Men tug’ilgan kunda…

15 Fevral Shu kunda yuz bergan ba’zi voqealar – Eramizdan avvalgi 399 yil – faylasuf Suqrot o’limga hukm qilindi. – 590 yil – Xusrav II Eron shohi tojini kiydi. – 1637 yil – Ferdinand III Muqaddas Rim Imperatori bo’ldi. – 1946 yil – Birinchi elektron hisoblash mashinasi ENIAC Pensilvaniya Universitetida ishga tushirildi. – 1989 yil – Sovet Ittifoqi Afg’onistondan qo’shinlar Давоми …