Author: Davronbek

Mening baxtim…

Biz albatta baxtli bo’lamiz, xudo xohlasa. Sen dunyodagi eng baxtli ayol bo’lasan. Bu qiynoqlaring, dardlaring hali barchasi unut bo’ladi… Hali to’yimizni ham ko’rasan. Dabdabani yoqtirmayman. Oddiy o’tadi to’yimiz. Do’st-yoronlarni chaqiramiz. To’kin dasturxon; mazmunli suhbatlar bo’ladi. Hamma bizga xavas qiladi. Duo qiladi, saodatimizni tilaydi. Yor-yorlar aytiladi… Keyin olib ketaman seni, o’z diyorimga. Onamning qanchalik sevinishini bilsang edi. Seni qanchalik yaxshi ko’rishini Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 5-she’r

Seni deyman, seni faqat, Kuydir meni, qilma shafqat, Azobing-la qilay rohat, Kel, ko’r mani ishq nayladi. Boradurman vasling sari, G’amdan to’la dil daftari, Sendan o’zga g’alat bari, Kel, ko’r mani ishq nayladi. Dunyo – zindon, farog’at ne? O’lim aniq, haqiqat ne? Ishqing bor-ku, saodat ne? Kel, ko’r mani ishq nayladi. Ko’nglim siniq, peshonam sho’r, Sevib qo’ydim, qalbim-la g’o’r Ishqing bilan Давоми …

Hayot va mamot qonuni (“Taegukgi”)

“Urush! Noming o’chsin jahonda” deganlari bekorga emas ekan. Hamma yoqni vayron qilar ekan Urush! Hamma dillarni parcha-parcha qilib tashlarkan la’nati urush! Insonni hayvondan battar holga tushirarkan urush! Yo hayot, yo mamot! O’ldir! O’ldirmasang seni o’dirishadi. Hech kimni omon qoldirma! Dushmanni yer bilan yakson qil! Aslo ayab o’tirma! Chunki u – sening dushmaning! Qiyna uni, o’ldir uni, vayron qil! Bu urush Давоми …

«O’tkan kunlar» haqida ba’zi haqiqatlar

O’tkan kunlar… Xalqimizning o’tkan kunlari… Bu asarni sevib o’qimagan, asar asosida suratga olingan filmi ko’rib zavqlanmagan adabiyot shaydosi bo’lmasa kerak… “O’tkan kunlar” garchi muallif yozganidek, yangi zamon ro’monchilig’i bilan tanishish yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’risi bir xavas bo’lsa-da, hali shu kunga qadar o’zbek adabiyotida unga yetadigan asar yaratilmadi… · «O’tkan kunlar» voqealari haqiqatda bo’lganmi? Qahramonlarning prototipi bormi? ·    «O’tkan Давоми …

O’ldir-o’ldirma, o’ldir-o’ldirma…

“Hayot-mamot”, Chingiz Aytmatov hikoyasi. Chingiz Aytmatovning so’nngi ijod namunalaridan biri bo’lgan bu hikoya ikkinchi jahon urushiga shaylanayotgan yosh yigitning xotiralari asosiga qurilgan. Hikoya 19 yoslik Sergiyning poyezd stansiyadan yo’lga chiqishi bilan boshlanib, manzil oxirida hikoya ham tugaydi. Chingiz Aytmatov o’ziga xos hikoya ichiga hikoya kiritish usulidan bu asarda ham foydalangan. Bosh qahramon Sergiy yo’lda ketarkan oynadan tashqariga qaragancha, o’tgan voqealarni Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 4-she’r

Qiyna meni, o’ldir mani, Bag’rim qona to’ldir mani, Armonlarim so’ldir mani Kel, ko’r, mani ishq nayladi. Dunyolarni kezib-kezib, Barchasidan bezib-bezib, Yurak-bag’rim ezib-ezib, Kel, ko’r mani ishq nayladi. Ko’ngil daryo, vale toshman, G’amdan egik, g’arib boshman, Sani ishqing-la dilxushman, Kel, ko’r mani ishq nayladi. Shomu sahar sani izlab, Goh o’kirib, gohi bo’zlab, Visolingdan umid ko’zlab, Kel, ko’r mani ishq nayladi. Armoningdan Давоми …

Aldangan Ayselning tavbasi

Yaqinda turk adibi Xolid Erto’g’rulning “Aldangan Ayselning tavbasi” kitobini o`qib chiqdim. Umuman olganda yaxshi yozilgan, bayondagi ayrim kamchiliklarni hisobga olmaganda. Qissa maktub tarzida yozilgan bo`lib, boshdan oyoq bosh qahramon Ayselning hayoti haqida uning o`ziz so`zlab beradi. Qanday qilib aldangani, “och qashqir”larga yem bo`lgani haqida hamma-hammasini so`zlab beradi. Yoshlar hayotida uchraydigan qanday muammolar bo`lsa uning hammasi Ayselning boshidan o`tadi va zamon, Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 3-she’r

Noming sani jonimda ham, Qaynab oqar qonimda ham, Bo’lmasang-da, yonimda ham Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ko’nglim siniq, qomatim dol, Karashmangdan bu aqlim lol, Majnuningman, anglamam hol, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ohlarimdan titraydi Oy, Hatto Quyosh qilar dod-voy, Yerda menga qolmadi joy, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ishqingda mast, xoring manam, Ko’yingda bir zoring manam, Dard-la kuylar toring manam, Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 2-she’r

Ishq iplari – ko’k toladir, Kuylarim dardli noladir, Ko’zda yoshlarim joladir, Bag’rim misoli loladir, Ne qilayin bag’ritoshim Ko’nglimga otash soladir, Qachon bu azob qoladir? Kel, ko’r, mani ishq nayladi. Tugab borar sabr-bardosh, Visolning qo’llarida tosh. Otashingga berolmay dosh, G’amdan egik bu faqir bosh, Hech tiyilmas ko’zlarda yosh, Sevib-kuyiib, bo`lib bebosh, Ko’zing ohu, qayrilmaqosh, Kel, ko’r, mani ishq nayladi. Kulsam yig’lar Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 1-she’r

Man yururam yona-yona, Ishq bo‘yadi mani qona, Olov tushdi-ku bu jona, Qalbim misli otashxona, Sani ishqing-la mastona Qaniydi bo`lsam parvona, Na oqilam, na devona, Kel, ko‘r, mani ishq nayladi. Oqar suvlardek oqarman, Dardli yuragim yoqarman, Dunyoga ma’yus boqarman, Ishq izlab qalbim qoqarman, Na ko`lkaman, na loyqaman, Yorimni o`ylab yig`larman, Qonli jigarim tig’larman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Yo qo`lim ol Давоми …