Gullar makoni

GULLAR MAKONI Bir shaharga sayir qildim, Ko’rdim saroyi guldir – gul. Sultonimning toju taxti Bog’i, devori guldir – gul. Gul olarlar, gul sotarlar, Guldan tarozi tutarlar, Gulni gul bilan tortarlar, Rasta, bozori guldir – gul. Tuprog’i – gul, toshi – gul, Qurug’i – gul, ho’li – gul, Xos bog’chasining ichida Sarvi chinori guldir – gul. Guldan tegirmon aylanar, Uning bilan Давоми …

Haj ilohisi

HAJ ILOHISI Ko’ngil qulog’imga kelsa bir sado, Ey, qulim, kel ayla hajjingni ado, Etsam, moli-mulkim jonimni fido, Labbayka deyayin Allohim labbayk. Labbayka la sharika laka labbayk. Bobus-salomingdan baytingga kirsam, Hajarul-asvadga yuzimni sursam, Kechib mosuvodan vaslingga yetsam, Labbayka deyayin Allohim labbayk. Labbayka la sharika laka labbayk. Solih qullaring-la tavofga tursam, Nuring-la mast bo’lib, fayzing-la to‘ysam, Tajallii Zoting ruhimda tuysam, Labbayka deyayin Давоми …

Hijobni sevishni qanday o’rgandim? Silvianing ro’moldagi birinchi kuni

Men ajoyib kunlarning birida ro’molni oldim-u, hijobga kirganim… yo’q. Yo’q, men asta-sekinlik bilan boshimni o’rab bordim. Ko’p urinishlardan so’ng, mana endi inshaalloh har doim hijobda yuradigan bo’ldim. 2002 yili Islomni qabul qilganimda men hali ota-onam bilan yashardim. Avvaliga ro’molni o’ramasdan ham yaxshi musulmon bo’laman deb o’ylagandim. Men uchun o’zim har kuni ko’chada uchratgan, yoshlikdan biladigan, har kuni do’konda ko’rishadigan insonlarim Давоми …

“Muslima qizlar! Hijob kiyishdan aslo qo’rqmang va uyalmang!”

Ismim Amal, 12 yoshdaman. Petrozavodsk – mening ona shahrim, uni yaxshi ko’raman. O’z o’lkam – Kareliyani, vatanim – Rossiyani sevaman. Gimnaziyada 6-sinfda o’qiyman. O’qishni yaxshi ko’raman, “a’lo” baholarga o’qiyman, shaxmat bo’yicha sport ustasiligiga nomzod bo’lishimga oz qoldi. Uyda onamga qarashaman. Kichik ukamga enagalik ham qilib turaman. Umuman olgan mamlakatdagi barcha qizlar kabi oddiy qizman. Lekin meni bir jihat ulardan ajratib Давоми …

ЗИЁ ИСТАГАН ҚАЛБЛАР УЧУН! «Келажак овози». 15.01.2009

– Foydali sayt – WWW.ZIYOUZ.COM: ЗИЁ ИСТАГАН ҚАЛБЛАР УЧУН! Илмнинг аввали сукут, сўнг эшитиш, сўнг ёд олиш, сўнг амал қилиш, сўнг уни тарқатишдир. Имом ҒАЗЗОЛИЙ www.ziyouz.com веб-сайти мактаб, лицей, коллеж ҳамда олий ўқув юртларида таълим олаётган, шунингдек билимга чанқоқ ёшлар учун география, тарих, адабиёт, фалсафа сингари ижтимоий фанлардан фойдали маълумотлар тўпламини тақдим этади. Веб-сайтдан ўрин олган маълумотлар махсус бўлимлар ва Давоми …

Ko’rmaganning ko’rgani qursin…

“XIX asrdagi xalqimizning buyuk mag’lubiyatiga rus ayollari sabab bo’lgan”…mi? Bu narsa avvaldan ishlab chiqilgan taktika edi. Bosib olishning eng yaxshi yo’li, avvalo xalq og’alarini, kattalarini yo’q qilish (ularni maishatga mubtalo qilib, raiyat bilan qiziqishini so’ndirish), boshsiz qolgan avomni zudlik bilan bo’ysundirish edi. O’rta Osiyoga (xususan Xiva xonligiga) dastlabki hujumlari qaqshatqich qashilikka uchrab, xafsalalari pir bo’lgan “og’a”lar, yurtimizga o’z missionerlarini yuborar Давоми …

Buyuk Zargar

Daraxtda sarg’aygan xazonning oltin ranglari quyoshda lovillaydi. Astagina esgan shabboda oltin yaproqlarni shitirlatgancha ulardan bir xovuchini menga uzatadi. Oftobdan qamashgan ko’zlarim tillo rangga burkangan ko’yi qo’llarim bu ko’hna shajar taqdim etgan zar yaproqlarga intiladi. Atrof zar, tuproq zar, kiyimlarim, vujudim zar… Buyuk Zargarga hamdu sanolar!.. 26.11.2008

Iftorlik uchun 40 kishilik marg’iloncha osh

Marg’ilonda Ramazonlar juda fayzli o’tadi. Ayniqsa iftor paytiga yaqin hammaning yugur-yugurga tushib qolganini ko’rasiz. Kimdir uyiga, yana kimdir boshqa birodari taklif etgan iftorlik dasturxoniga shoshiladi. Ikki do’st ko’rishishi bilanoq, bir-birini iftorlikka taklif etadi. Bugun esa bizning xonadonimizga iftorga kelaverasizlar. Bugungi oshxonamizda marg’iloncha palovxonto’ra. Bosh oshpaz – mening dadam. Men esa ularga yordam berib turdim. Ko’pchilikka osh qilinganidan keyin albatta katta Давоми …

Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati

Kecha Erkin A’zamning kommunizmdan bir lavha o’laroq yozgan “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati” qissasini o’qib chiqdim. Asar buyuk kommunistlar yurti Buriyo va uning rahbari tovarish Xon Man Men va “buyuk o’zgarishlar” shahri – Xoniya haqidadir. “…Sotsializm sharoitida o‘tayotgan oltinchi kunimiz edi. …Sizu biz bu tuzumning nimaligini bilamiz, albatta — non-namagini yeb katta bo‘lganmiz. Ammo hozir ko‘z o‘ngimizdagisi butkul bo‘lakcha edi. O’ziga Давоми …

Европага илк сафар: Польша билан танишамиз

Ҳаётимда илк бора узоқ хорижга саёҳат қиляпман. Тошкент – Москва, Москва – Варшава йўналишида йўлга чиқдим. Тошкентдан учган ТУ-154 самолётидаги ўринлар бироз тор бўлса-да, ердан 10000 метр баландликдаги учоқ яхши ҳаракатланяпти. Самолётнинг ойна тарафида ўтиришнинг гашти бор. Коинотдан ер гўзалликларини томоша қилиб кетасиз. Қозоғистон даштларидан ўтиб, яшил ўрмонлар ва дарёю кўлларни завқ-ла кузатдим. Москвага яқинлашишимиз билан булутлар орасига кириб кетдик. Давоми …