Author: Davronbek

Qalmiq xalq maqollari

• Uzoq bo‘lsa-da qimmatini borib ol, qari bo‘lsa-da qizni ol. • Ertak o‘qib olim bo‘lolmaysan. • Aroq qadahdan boshqa hamma narsani yemiradi. • Odamning tilidan hatto chaqirtosh titraydi. • O’limga mahkum sichqon mushukning dumi bilan o‘ynashadi. • Bir asr joyida yonboshlab yotgan qariyadan emas, dunyo kezgan yoshdan so‘ra. • Do‘stidan ayrilgan oh chekadi, o‘tlog‘idan ayrilgan ot ishnaydi. • Daryo qancha Давоми …

Qrim-tatar maqollari

• Quyosh botish uchun chiqadi, inson o‘lish uchun tug‘iladi. • Quloq ― ikkita, og‘iz ― bitta. Bas, ikki marta eshitib, bir marta so‘zla. • Yomon xabarning qanoti bor, xushxabarning ― oyog‘i oqsoq. • Quyon toqqa achchiq qilibdi, tog‘ sezmabdi ham. • Ilon po‘stini tashlaydi, fe’lini tashlamaydi. • Kalning oldida oshqovoq haqida gapirma. • Bilganga chivin ham dutor, bilmaganga doim nimadir Давоми …

Tatar xalq maqollari

• Bir kun tilingni tiymasang, bir yil uning azobini chekasan. • Avval eshagingni bog‘la, so‘ng Allohga topshir. • Qurol, xotin va itingni qarzga berma. • Ertangi tovuqdan bugungi tuxum afzal. • O’lim ikki marta kelmaydi. • Sening suhbating ― kumush, sukutining ― oltin. • Olmosni iflos joyga tashlasang ham olmosligicha qoladi. • Olmos olmos bilan kesiladi, o‘g‘rini o‘g‘ri tunaydi. • Давоми …

Adigey xalq maqollari

Bolasiz uyda baxt bo’lmaydi. Boy boshpanasiz bo’lmaydi. Boshlanmagan ishga ilon o’tiradi. O’z uyasida sichqon ham botir. Ayiqning boshini ko’rdingmi – uning izini qidirma. Shirin taom odamni quvnatadi. Ho’kizga semizlik, yigitga qotmalik yarashadi. Bo’ri qaysi cho’ponning qo’yini o’g’irlash mumkinligini uning qalpog’idan biladi. Qarg’a go’sht bor joyda aylanadi. Tarbiya – bebaho boylik. Tabibga hamma do’st. Qishloq ahlining hammasi ahmoq bo’lolmaydi, ahmoqlar ichida Давоми …

Qadimgi hind maqollari

– Kambag’allik – janjallar ildizi. – Qiyinchiliksiz baxtga erishib bo’lmaydi. – Bekorchilik shaytoniy fikrlarni keltirib chiqaradi. – Burni yo’qqa oyna ko’rsatsang jahli chiqadi. – Boyga yashash maza, kambag’alga nafas olish ham qiyin. – Boylik bulutning soyasi kabidir. – Boylik – ahmoqning o’yi, ezgulik – yaxshining. – Chang sochib, oyni to’solmaysan. – Tezda bitgan ish yaxshi bo’lmaydi. – Yo’qchilikda do’stlar bo’lmaydi. Давоми …

Shumer maqollari

– Erkalatilgan it kuchukka aylanadi. – Qo’mondonsiz qo’shin – dehqonsiz dala. – Dushmanning yerini haydasang, dushman senikini egallaydi. – To’g’ri qurgan uyni makkor buzadi. – Vaqtinchalik do’stlik – mangu qullikdir. – Sen o’zingga ehtiyot bo’lsang, Xudo sen bilan. – Ikki yomondan tanlash imkoni yo’q. – Kambag’alning noni bo’lganda tuzi bo’lmaydi, tuzi bo’lganda noni. – Kim ko’p yesa, uxlay olmaydi. – Давоми …

Yahudiy xalq maqollari

– Uzoqdagi akadan yaqindagi qo’shni yaxshi. – Bo’ron kichik olovni o’chiradi, lekin kattasini alangalatadi. – Kalla bilan bitirish lozim bo’lgan joyda musht bilan hech narsaga erishib bo’lmaydi. – Hamma ishning boshi qiyin. – Gunohni odam qiladi, jazosini xo’roz oladi. – Vaqtida aytilmagan dono gap ham ahmoqona qabul qilinadi. – Bir hamyondagi ikki tanga yuz tangadan ko’ra balandroq jarang beradi. – Давоми …

Mening mahallam

Har insonga o’zi yashab turgan mahalla, shahar, qishloq, yurt azizdir. O’zimiz tug’ilib o’sgan maskanning nomi, tarixi biz uchun qiziq. Ushbu mavzuda biz tug’ilib o’sgan, shuningdek, atrofimizdagi mahalla, qishloqlar nomining qanday kelib chiqqani va tarixi haqida so’z yuritamiz. Jahr Masjid Marg’ilon shahridagi men tug’ilib o’sgan mahalla. Mahalla nomining kelib chiqishi “jahr” (“oshkora”) so’zi bilan bog’liq bo’lib, oshkora zikr aytiladigan masjid ma’nosini Давоми …

Kundalik tuting

Azizlar, shu yozgan mulohazalaringizni alohida kattaroq daftar tutib, yozib ham qo’yyapsizlarmi? Agar bu ishni boshlamagan bo’lsangiz, hoziroq boshlang. Bitta kundalik tuting. Rastalarda 365 sahifalik “Ежедневник”lar sotiladi. Shundan birini oling-da, qaysi kuni yozgan bo’lsangiz,  “11.08.2010. Bugun…” deya daftarga ham tushirib qo’ying. O’zingizga yoqqan iboralarni ham yozing. Bundan topadigan foydalaringiz: 1. Internetga har doim ham kira olmasligingiz mumkin. Kundalik doim yoningizda bo’ladi. Давоми …

Қочоқнинг ўлими (ҳикоя). Ярослав Гашек. «Yoshlik». 07.09.2010

– ЖАҲОН ҲИКОЯЧИЛИГИ – Ярослав Гашек ҚОЧОҚНИНГ ЎЛИМИ Ҳикоя Михаэл Питала қамоқхонадан қочди. Қуюқ ўрмонлар ва буғдойзорларда яшириниб у жануб томон юрди, тоққа яқинлашди. Деҳқонлар унинг қорнини тўйғизишди, йўл учун озиқ-овқат ва кийим-бош беришди. Кеч тушди. Оппоқ илонизи йўл тоғ ёнбағирлаб буралиб кетган эди. Довонда хоч турарди. Қочоқ чанг йўлдан аста кўтарила бошлади. У Галициянинг Тарновск ўлкасилик деҳқонлар киядиган узун, Давоми …