Mordva xalq maqollari

• Bolaning qo‘li shilinsa, onaning yuragi shilinadi. • Xudodan umid qilib, bekor yotma. • Tug‘ilmagan o‘lmaydi. • O‘z onangdan ko‘ra yaxshi do‘st yo‘q. • Qarining ham, yoshning ham aqli bir xil (moksha). • Me’yorida yeb-ich ― qorning og‘rimaydi. • Qamoqqa yo‘llar ko‘p, undan chiqish yo‘li bitta (moksha). • Kelinni qo‘lingga chiqarsang, bo‘yningga o‘zi chiqib oladi. • Xudo qo‘lda qadoq paydo Давоми …

No’g’ay xalq maqollari

• Bilganga ― yengil, bilmaganga ― imkonsiz. • Asal ― shirin, bola undan shirin. • Xudodan umid qilib, harakat qilmasang, och qolasan. • Shukr bor joyda baraka bo‘ladi. • Eshik teshikdan kuladi, g‘ilay ― qiyshiqdan. • Quruq bilan qo‘shilib, ho‘l ham yonadi. • Bo‘ri po‘stini tashlasa-da, fe’lini tashlamaydi. • O‘gay o‘g‘il jizzaki bo‘ladi. • Qarindosh xafa bo‘ladi, lekin o‘ch olmaydi. Давоми …

TOG‘LIKNING O‘LIMI. “Vatandosh”. 24.02.2011

– Jahon adabiyoti – Yaroslav Gashek TOG‘LIKNING O‘LIMI (hikoya) Mixael Pitala qamoqxonadan qochdi. Quyuq o‘rmonlar va bug‘doyzorlarda yashirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlashdi. Dehqonlar uning qornini to‘yg‘izishdi, yo‘l uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh berishdi. Kech tushdi. Oppoq ilonizi yo‘l tog‘ yonbag‘irlab buralib ketgan edi. Dovonda xoch turardi. Qochoq chang yo‘ldan asta ko‘tarila boshladi. U Galitsiyaning Tarnovsk o‘lkasilik dehqonlar kiyadigan uzun, Давоми …

Tuva xalq maqollari

• Mahmadonalik ― foydasiz, kamgaplik ― zarar emas. • Izlasang ― topasan, istasang ― erishasan. • Ertaning moyidan bugunning choyi afzal. • Dangasalikdan ― maqtanchoqlik, ochko‘zlikdan ― o‘g‘rilik. • Irodasiz kuch yo‘q, tuzsiz maza yo‘q. • Toshgan suvda baliq bo‘lmaydi, maqolda yolg‘on bo‘lmaydi. • Tuya butani yesa echki ajablanarkan, echki qoyaga chiqsa tuya hayratlanarkan. • Kigiz kengayadi, odam o‘sadi. • Давоми …

Uyg’ur xalq maqollari

• O‘zga yurtni ko‘rmaguncha, o‘z yurtingning go‘zalligini his etolmaysan. • Dushmaning sichqondek tuyulsa-da, senda sherning kuchi bo‘lsin. • So‘z tosh emas, lekin boshni yoradi. • Dangasaning doim vaqti yo‘q. • Odam guldan nozik, toshdan qattiq. • Laylini ko‘rish uchun Majnunning ko‘zi kerak. • Quloq ko‘zdan avval sevadi. • Och itga suyak tashlasang, to‘q it ham angillaydi. • Bahorda yeyilgan nonning Давоми …

Ozodbek keksidan yeganmisiz?

San’atkorlargayam, biznesmenlargayam tan bermadim-da. Kuni kecha qandolat bozoriga tushgandim. Jiyanlarga ul-bul xarid qilish bahonasida mahsulotlarni ko’rarkanman, ularning narxiga ko’ra qatorga taxlangani e’tiborimni tortdi. Yuqoriroqda qimmat mahsulotlar qatorida turgan qandolatni pastroqda juda arzon mahsulotlar qatorida ham uchratish mumkin edi. Sababini so’rasam, pastdagilar “poddelka” ekanligini aytishdi. Snickers o’rniga Shikers, Bounty o’rniga Boumty deya nomlangan arzon, sifatsiz mahsulotlar qatorida ne ko’z bilan ko’rayki, Давоми …

Yo’l o’ylari

Shaharda nima ko’p? Damas. Shunga yarasha yo’lovchi ham ko’p. Kattalarimiz ta’lim berarkanlar: “O’g’lim, mana mashinaga ham ega bo’ling. Yo’lda ketarkansan yo’l chetida turgan qariyalar, xomilador ayollar va bolalarni olib, manziliga xolis eltib qo’y. Baraka topasan” deyishadi. Lekin… hozirgi yosh “shofercha”lar yuqoridagi o’gitga amal qilish tugul, yo’l chetidagi yo’lovchilarga yomg’irda suv, quruq kunda chang sepib ketadigan bo’lishgan. Hozir ham “Damas”da kelarkanman, Давоми …

Ingliz xalq maqollari. 2-qism

• Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o‘xshaydi. • “Ertaga” hech qachon kelmaydi. • Yaxshi kitobdan ortiq haqiqiy do‘st yo‘q. • Buyuklikdan telbalikkacha ― bir qadam. • Eng yaxshi vinoda ham zahar bo‘ladi. • Jahling chiqsa, erinmay yuzgacha sana. • Kulsang butun dunyo sen bilan kulsin, yig‘lasang yolg‘iz yig‘la. • Har bir odam o‘z baxtining me’mori. • Taqiqlangan mevalar shirin bo‘ladi. • Давоми …

Muazzinning so’nggi azoni

Bir otaxon hikoya qilib beradilar: “Har galgidek bomdodni “Oqmasjid”da o’qish uchun velosipedda yo’lga chiqdim. Mashad chorrahasiga yetganimda azonning so’nggi kalimalari aytilgan edi. Muazzin Abdurrahmon azonni aytib bo’lib, shoshilganchga uyi tomon ketayotgan ekan. Yo’lda ko’rishdik. “Men hozir, uyga kirib, sunnatni o’qib, so’ng jamoatga chiqaman”, dedi-da, yugurgancha uyiga kirib ketdi. Jamoat yig’ildi. Farz namoziga takbir aytildi. Belim og’rigani bois orqaroqdagi safda qolib Давоми …