Тўртовлон ва Бешинчи

Улар беш дўст эдилар. Бири дурадгор, бири қурувчи-уста, яна бири савдо ходими… Бешинчиларининг иши юрмай қолди. Сингилни чиқариш керак. Маблағ сув ва ҳаводек зарур… Уйдагиларнинг ҳай-ҳайлашига қарамай Бешинчи узоқ Россияга кетди… Дарди бор эди. Касаллик уни енгиб қўйди. 2 ойга ҳам қолмай гепатит хасталигига тутилди… Бешинчи дўстларига қўнғироқ қилди: «Ота-онам олдида хижолатдаман, не қилайин» деди… Дўстлар уни Ватанга қайтишга кўндиришди. Давоми …

Bolajonlar nutqi. 12-qism

Kecha jiyan-singillarim bolalari bilan kelishgan ekan. Kichikroq, endigina tili chiqqan Shohruxmirzoni olib, asta suhbat qura boshladim. Ba’zi narsalarni ko’rsatib, xususiyatini aytib, “Bu nima?” deb so’ray boshladim. Uning lug’atida bo’lgan jajji so’zlar bilan tanishing: Joynamoz – Ollo (namoz o’qilishiga ishora) Yostiq – Alla (yostiqda yotib alla aytilishiga ishora) Telefon – Allo (telefonda “Allo” deyilishiga ishora) Soat – Chiq (soatning chiqillashiga ishora) Давоми …

Ошиқ Вейсал Шатирўғли (Туркия)

УЗУН-ҚИСҚА БИР ЙЎЛДАМАН Узун-қисқа бир йўлдаман Кетаяпман кундуз-кеча. Билмаяпман не ҳолдаман Кетаяпман кундуз-кеча. Дунёга келганим онда, Юрардим айни замонда, Икки эшикли хонада, Кетаяпман кундуз-кеча. Уйқуда яна юрарман, Қолмакка сабаб сўрарман, Кетган ҳаммани кўрарман, Кетаяпман кундуз-кеча. Қирқ тўққиз йил бу йўлларда, Водию, тоғу чўлларда, Тушганим ғурбат қўлларда, Кетаяпман кундуз-кеча. Чуқурроқ англаб бўлгунча, Узоқ кўрунур кўргунча, Бир йўл лаҳза миқдоринча, Кетаяпман кундуз-кеча. Давоми …

Tabiat tarovati va qo’rqinchi

Yumush bilan ikki kun avval Toshkent shahriga bordim. Qamchiq dovonidan o’tarkanman, atrof oppoq qor, yuqorida yana qor yog’ardi. Toshkent viloyatiga kirish bilan qor yomg’irga aylandi. Toshkent shahriga yaqinlashishimiz bilan esa, yomg’irdan ham darak yo’q. Oftob charaqlab, nurlarini sochmoqda. Bu avvalo kishilarning kiyinishida ham namoyon bo’libdi. 25 C havo haroratida yengsiz futbolkada yurganlarni, hatto (ajabo!) shortik kiyganlarni ham ko’rdim. Kechga yaqin Давоми …

Mening kitob javonim

Ayni paytda mening kitob javonimda qayd etilgan quyidagi manbalar mavjud: Kitoblar – 415 ta; Jurnallar – 14 ta; Bukletlar – 15 ta. Kutubxonamdagi kitoblarning eng qadimiysi – xattot sayyid Muhammad Ali tomonidan 1892 yili ko’chirilgan Qur’oni karim qo’lyozmasidir. Eng yangi kitob esa “Sharq” nashriyoti tomonidan 2010 yilda chop etilgan, Gabriel Garsia Markesning “Yolg’izlikning 100 yili” kitobidir. 2008 yilda chop etilgan Давоми …

Madaniy

Toshkentga 1 marta borib kelsang ham, yaqin o’rtoqlaring: “Toshkentlik yigit” deyishadi. Rossiyaga borib ishlab kelsang “Rossiyalik”ka aylanasan. Qaniydi, Rasululloh s.a.v. va buyuk sahobiylarni o’z bag’riga olgan Madinai muazzamani bir marta ziyorat qilsam-u, Madaniy bo’lib qolsam…

O’g’rining himmati

Amakimning o’rtog’i hikoya qiladi: “Bir yil avval “Damas”da Nokia 6300 rusumli uyali telefonimni tushirib, yo’qotib qo’ydim. Darrov qo’ng’iroq qildim. Bir yoshroq bola oldi. – Bolam, shu telefon meniki edi, qaytargin. – Yo’q, qaytarmayman, men uni topib oldim. Bola telefonni qo’ydi. So’ng yana qo’ng’iroq qildim. Oldi. – Bolam, mayli telefon senga qolsin-u, lekin sim kartamni qaytargin. – Mayli. Unda siz markazdagi Давоми …

Bolajonlar nutqi. 10-qism

Ikki qoribolalarning kichkina 2,5 yoshlik ukasi Fayzullohdan so’rayapman. – Otiz nima? – Fayzullo. – Bobojondi otlari nima? – Hodzaka. (Hoji aka) – Dadezi otlari nima? – Hodzaka. – Kotta akezi-chi? – Sadullo. – Kichkina akezi-chi? – Asadullo. – Mani otim nima? – Hodzaka. Shu-shu hojiaka bo’pqoldik * * * Jiyanim Orifjondan so’rayapman: – Kimi yaxshi ko’rasiz? – Sizi Yonimda turgan Давоми …

БОШҚОТИРМА. «Ислом нури» газетаси, 15.01.2010

БОШҚОТИРМА  1. Аллоҳ ҳузуридаги энг мақбул дин. 2. Тасаввуфдаги камолот босқичларидан бири. 3. Рамазон ойида ўқиладиган 20 ракаатли намоз. 4. Мусулмонлар дастлаб ҳижрат қилган мамлакат (Ислом тарихидан). 5. Мумтоз адабиётимизда йирик асарлар бошидаги пайғамбаримиз мадҳлари. 6. Абуллайс Самарқандийнинг машҳур асари, ҳадислар тўплами. 7. Қавмини тўфон балоси ҳалокатга учратган пайғамбар. 8. Жаннатдаги гўзал малаклар. 9. Аллоҳ таолонинг сифатларидан бири (раҳмли). 10. Давоми …