Iftorlik uchun 40 kishilik marg’iloncha osh
Marg’ilonda Ramazonlar juda fayzli o’tadi. Ayniqsa iftor paytiga yaqin hammaning yugur-yugurga tushib qolganini ko’rasiz. Kimdir uyiga, yana kimdir boshqa birodari taklif etgan iftorlik dasturxoniga shoshiladi. Ikki do’st ko’rishishi bilanoq, bir-birini iftorlikka taklif etadi. Bugun esa bizning xonadonimizga iftorga kelaverasizlar. Bugungi oshxonamizda marg’iloncha palovxonto’ra. Bosh oshpaz – mening dadam. Men esa ularga yordam berib turdim. Ko’pchilikka osh qilinganidan keyin albatta katta Давоми …