Author: Davronbek

TURKIY TILIM SEN AZALDAN BUYUK TILDIRSAN. “Vatandosh”. 17.03.2011

– Bu qiziq – TURKIY TILIM SEN AZALDAN BUYUK TILDIRSAN Turkiydagi «ber yaq» (berigi yoq, berigi tomon) birikmalaridan ruscha «берег» so‘zi yasalgan. * * * Turkiydagi «bala igez» (egiz bola) birikmalaridan ruscha «близнец» so‘zi yasalgan. * * * Turkiydagi «burd» (mo‘ylov, murt) so‘zidan ruscha «борода» so‘zi yasalgan. * * * Turkiydagi «belәzek» (bilarzik, bilaguzuk) so‘zidan ruscha «браслет» so‘zi yasalgan. * Давоми …

Turkiy tilim, sen azaldan buyuk tildirsan…

Туркийдаги «бер яқ» (бериги ёқ, бериги томон) бирикмаларидан русча «берег» сўзи ясалган. * * * Туркийдаги «бала игез» (эгиз бола) бирикмаларидан русча «близнец» сўзи ясалган. * * * Туркийдаги «бурд» (мўйлов, мурт) сўзидан русча «борода» сўзи ясалган. * * * Туркийдаги «беләзек» (биларзик, билагузук) сўзидан русча «браслет» сўзи ясалган. * * * Туркийдаги «бер атадан» (бир отадан) бирикмаларидан русча «брат» Давоми …

Mordva xalq maqollari

• Bolaning qo‘li shilinsa, onaning yuragi shilinadi. • Xudodan umid qilib, bekor yotma. • Tug‘ilmagan o‘lmaydi. • O‘z onangdan ko‘ra yaxshi do‘st yo‘q. • Qarining ham, yoshning ham aqli bir xil (moksha). • Me’yorida yeb-ich ― qorning og‘rimaydi. • Qamoqqa yo‘llar ko‘p, undan chiqish yo‘li bitta (moksha). • Kelinni qo‘lingga chiqarsang, bo‘yningga o‘zi chiqib oladi. • Xudo qo‘lda qadoq paydo Давоми …

No’g’ay xalq maqollari

• Bilganga ― yengil, bilmaganga ― imkonsiz. • Asal ― shirin, bola undan shirin. • Xudodan umid qilib, harakat qilmasang, och qolasan. • Shukr bor joyda baraka bo‘ladi. • Eshik teshikdan kuladi, g‘ilay ― qiyshiqdan. • Quruq bilan qo‘shilib, ho‘l ham yonadi. • Bo‘ri po‘stini tashlasa-da, fe’lini tashlamaydi. • O‘gay o‘g‘il jizzaki bo‘ladi. • Qarindosh xafa bo‘ladi, lekin o‘ch olmaydi. Давоми …

TOG‘LIKNING O‘LIMI. “Vatandosh”. 24.02.2011

– Jahon adabiyoti – Yaroslav Gashek TOG‘LIKNING O‘LIMI (hikoya) Mixael Pitala qamoqxonadan qochdi. Quyuq o‘rmonlar va bug‘doyzorlarda yashirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlashdi. Dehqonlar uning qornini to‘yg‘izishdi, yo‘l uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh berishdi. Kech tushdi. Oppoq ilonizi yo‘l tog‘ yonbag‘irlab buralib ketgan edi. Dovonda xoch turardi. Qochoq chang yo‘ldan asta ko‘tarila boshladi. U Galitsiyaning Tarnovsk o‘lkasilik dehqonlar kiyadigan uzun, Давоми …

Tuva xalq maqollari

• Mahmadonalik ― foydasiz, kamgaplik ― zarar emas. • Izlasang ― topasan, istasang ― erishasan. • Ertaning moyidan bugunning choyi afzal. • Dangasalikdan ― maqtanchoqlik, ochko‘zlikdan ― o‘g‘rilik. • Irodasiz kuch yo‘q, tuzsiz maza yo‘q. • Toshgan suvda baliq bo‘lmaydi, maqolda yolg‘on bo‘lmaydi. • Tuya butani yesa echki ajablanarkan, echki qoyaga chiqsa tuya hayratlanarkan. • Kigiz kengayadi, odam o‘sadi. • Давоми …

Uyg’ur xalq maqollari

• O‘zga yurtni ko‘rmaguncha, o‘z yurtingning go‘zalligini his etolmaysan. • Dushmaning sichqondek tuyulsa-da, senda sherning kuchi bo‘lsin. • So‘z tosh emas, lekin boshni yoradi. • Dangasaning doim vaqti yo‘q. • Odam guldan nozik, toshdan qattiq. • Laylini ko‘rish uchun Majnunning ko‘zi kerak. • Quloq ko‘zdan avval sevadi. • Och itga suyak tashlasang, to‘q it ham angillaydi. • Bahorda yeyilgan nonning Давоми …

Ozodbek keksidan yeganmisiz?

San’atkorlargayam, biznesmenlargayam tan bermadim-da. Kuni kecha qandolat bozoriga tushgandim. Jiyanlarga ul-bul xarid qilish bahonasida mahsulotlarni ko’rarkanman, ularning narxiga ko’ra qatorga taxlangani e’tiborimni tortdi. Yuqoriroqda qimmat mahsulotlar qatorida turgan qandolatni pastroqda juda arzon mahsulotlar qatorida ham uchratish mumkin edi. Sababini so’rasam, pastdagilar “poddelka” ekanligini aytishdi. Snickers o’rniga Shikers, Bounty o’rniga Boumty deya nomlangan arzon, sifatsiz mahsulotlar qatorida ne ko’z bilan ko’rayki, Давоми …

Yo’l o’ylari

Shaharda nima ko’p? Damas. Shunga yarasha yo’lovchi ham ko’p. Kattalarimiz ta’lim berarkanlar: “O’g’lim, mana mashinaga ham ega bo’ling. Yo’lda ketarkansan yo’l chetida turgan qariyalar, xomilador ayollar va bolalarni olib, manziliga xolis eltib qo’y. Baraka topasan” deyishadi. Lekin… hozirgi yosh “shofercha”lar yuqoridagi o’gitga amal qilish tugul, yo’l chetidagi yo’lovchilarga yomg’irda suv, quruq kunda chang sepib ketadigan bo’lishgan. Hozir ham “Damas”da kelarkanman, Давоми …