Author: Davronbek

Bolajonlar nutqi. 13-qism

Mahalladagi bir bolakaydan so’rayapman: – Nechchigacha sanashni bilasiz? – 10 jacha. – Sananag-chi? – Biy, ichchi, uch, to’y, besh, yetti, shachchiz, o’n. – Malades. Qo’lizda 2 ta olma bor edi. Keyin dadez kelib, sizga yana bitta olma berdi. Sizda jami nechta oloma bo’ldi? – Cho’pchina * * * Jiyanim Orifjonga ham shunday savol bilan murojaat qildim: – Orifi, qo’lizda ikkita Давоми …

Qirg’izistonlik millatdoshlarimizga birodarlik yordami

YUNISEF tarqatgan xabarlarga ko’ra, ayni paytda Farg’ona vodiysida 100000 dan ortiq Qirg’izisitonlik qochoqlar joylashtirilgan. Ular Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlarining chegaraga yaqin mintaqalaridagi 75 dan ortiq palatkali qochoqlar lagerlari, bolalar dam olish maskanlari, maktablarga joylashtirilyapti. Xabarda aytilishicha, qochoqlarning 90 foizi ayollar va yosh bolalardir. Ularning ahvolini yaxshi deb bo’lmaydi. Juda ko’p bolalar jismoniy va ruhiy ta’sirlarga berilishgan. Yordamga muhtojlarga O’zbekiston Давоми …

Yirtiq paypoqli mutakabbir

Jum’a namoziga har xil insonlar tashrif buyuradi. Masjid Allohning uyi. Uning makoniga kirarkan, inson o’zini past tutmog’i, Olamlar Robbisi bilan munojotga o’zgacha tayyorgarlik bilan, tavozu’ bilan kelmog’i uning bandaligiga yarashadi. Imom-xatibning ma’ruzasini eshitib o’tirarkanman, xayolimni odamlarning orasidan befarosatlarcha o’tib, o’ziga salqinroq va munosibroq joy qidirayotgan odamga ko’zim tushdi. Qorinchasi ko’tarilgani yetmaganday, oshqovoqdek kallasini ham osmonga qaratgancha, qo’lida mashinasining kalitini likillatib Давоми …

Тўртовлон ва Бешинчи

Улар беш дўст эдилар. Бири дурадгор, бири қурувчи-уста, яна бири савдо ходими… Бешинчиларининг иши юрмай қолди. Сингилни чиқариш керак. Маблағ сув ва ҳаводек зарур… Уйдагиларнинг ҳай-ҳайлашига қарамай Бешинчи узоқ Россияга кетди… Дарди бор эди. Касаллик уни енгиб қўйди. 2 ойга ҳам қолмай гепатит хасталигига тутилди… Бешинчи дўстларига қўнғироқ қилди: «Ота-онам олдида хижолатдаман, не қилайин» деди… Дўстлар уни Ватанга қайтишга кўндиришди. Давоми …

Bolajonlar nutqi. 12-qism

Kecha jiyan-singillarim bolalari bilan kelishgan ekan. Kichikroq, endigina tili chiqqan Shohruxmirzoni olib, asta suhbat qura boshladim. Ba’zi narsalarni ko’rsatib, xususiyatini aytib, “Bu nima?” deb so’ray boshladim. Uning lug’atida bo’lgan jajji so’zlar bilan tanishing: Joynamoz – Ollo (namoz o’qilishiga ishora) Yostiq – Alla (yostiqda yotib alla aytilishiga ishora) Telefon – Allo (telefonda “Allo” deyilishiga ishora) Soat – Chiq (soatning chiqillashiga ishora) Давоми …

Ошиқ Вейсал Шатирўғли (Туркия)

УЗУН-ҚИСҚА БИР ЙЎЛДАМАН Узун-қисқа бир йўлдаман Кетаяпман кундуз-кеча. Билмаяпман не ҳолдаман Кетаяпман кундуз-кеча. Дунёга келганим онда, Юрардим айни замонда, Икки эшикли хонада, Кетаяпман кундуз-кеча. Уйқуда яна юрарман, Қолмакка сабаб сўрарман, Кетган ҳаммани кўрарман, Кетаяпман кундуз-кеча. Қирқ тўққиз йил бу йўлларда, Водию, тоғу чўлларда, Тушганим ғурбат қўлларда, Кетаяпман кундуз-кеча. Чуқурроқ англаб бўлгунча, Узоқ кўрунур кўргунча, Бир йўл лаҳза миқдоринча, Кетаяпман кундуз-кеча. Давоми …

Tabiat tarovati va qo’rqinchi

Yumush bilan ikki kun avval Toshkent shahriga bordim. Qamchiq dovonidan o’tarkanman, atrof oppoq qor, yuqorida yana qor yog’ardi. Toshkent viloyatiga kirish bilan qor yomg’irga aylandi. Toshkent shahriga yaqinlashishimiz bilan esa, yomg’irdan ham darak yo’q. Oftob charaqlab, nurlarini sochmoqda. Bu avvalo kishilarning kiyinishida ham namoyon bo’libdi. 25 C havo haroratida yengsiz futbolkada yurganlarni, hatto (ajabo!) shortik kiyganlarni ham ko’rdim. Kechga yaqin Давоми …

Mening kitob javonim

Ayni paytda mening kitob javonimda qayd etilgan quyidagi manbalar mavjud: Kitoblar – 415 ta; Jurnallar – 14 ta; Bukletlar – 15 ta. Kutubxonamdagi kitoblarning eng qadimiysi – xattot sayyid Muhammad Ali tomonidan 1892 yili ko’chirilgan Qur’oni karim qo’lyozmasidir. Eng yangi kitob esa “Sharq” nashriyoti tomonidan 2010 yilda chop etilgan, Gabriel Garsia Markesning “Yolg’izlikning 100 yili” kitobidir. 2008 yilda chop etilgan Давоми …

Madaniy

Toshkentga 1 marta borib kelsang ham, yaqin o’rtoqlaring: “Toshkentlik yigit” deyishadi. Rossiyaga borib ishlab kelsang “Rossiyalik”ka aylanasan. Qaniydi, Rasululloh s.a.v. va buyuk sahobiylarni o’z bag’riga olgan Madinai muazzamani bir marta ziyorat qilsam-u, Madaniy bo’lib qolsam…